|
Murakkab so`rovlar yaratish. Jadvallarni jamlashtirish
|
bet | 1/10 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 34,52 Kb. | | #116098 |
Bog'liq Baza
Murakkab so`rovlar yaratish.
Jadvallarni jamlashtirish.
Jamlashtirish relyasion ma’lumotlar bazasi operatsmyalaridan biri bo‘lib, jadvallar orasidagi aloqani belgilaydi va ulardan ma’lumotni bitta komanda yordamida ajratishga imkon beradi. Xar xil jadvallarda bir xil nomli ustunlar bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun, kerakli ustun uchun jadval nomii prefiksi ishlatiladi.
Jamlashda jadvallar FROM ifodasidan so‘ng ro‘yxat sifatida tasvirlanadi. So‘rov predikati ixtiyoriy jadval ixtiyoriy ustuniga tegishli bo‘lishi mumkin. Jamlash eng soddasi bu dekart ko‘paytmasi, uni quyidagicha bajarish mumkin:
SELECT Customers.*, Salepeople.*
FROM Salepeople, Customers; *
Lekin bu erda xosil bo‘lgan jadval keraksiz ma’lumotlarga ega. Keraksiz satrlarni olibtashlash uchun WHERE jumlasidan foydalaniladi.
Masalan: beritlgan shaxardagi sotuvchilar va buyurtmachilar ixtiyoriy kombinatsiyasini ko‘rish uchun quyidagini kiritish lozim:
SELECT Customers.CName, Salepeople.SName, Salepeople.City
FROM Salepeople, Customers
WHERE Salepeople.City = Customers.City;
Jamlashda SQL bir necha jadval satrlari kombinatsiyasini predikatlar bщyicha solishtirishdir. Asosoan ma’lumotlar ilovali yaxlitlik asosida tekshirilib, ajratib olinadi.
Misol: xar bir sotuvchiga mos keluvchi buyurtmachilar ro‘yxati:
SELECT Customers.CName, Salepeople.SName
FROM Customers, Salepeople
WHERE Salepeople.SNum = Customers.SNum;
Tenglikka asoslangan predikatlardan foydalanuvchi jamlanmalar, tenglik bo‘yicha jamlanma deb atalib, jamlanmalarning eng umuiy ko‘rinishidir. SHu Bilan birga ixtiyoriy relyasion operatordan foydalanish mumkin.
Ichki va tashqi jamlashlar
Jamlashlar bir jadval satriga ikkinchi jadval satrlarini mos qo‘yishga imkon beradi. Jamlashlar asosiy turi bu ichki jamlashdir. Jadvallarni ichki jamlash ikki jadval usutunlarini tenglashtirishga asoslangandir:
|
| |