|
Mustaqil ish 1 Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili Reja: Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili Intellektual agentlarning turlari
|
bet | 1/3 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 17,53 Kb. | | #118411 |
Bog'liq Mustaqil ish 1
Mustaqil ish 1
Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili
Reja:
1. Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili
2. Intellektual agentlarning turlari
3. Qidiruv algoritmlari va optimallashtirish masalalari
Bugungi kunda mamlakatimizning rivoji yo'lida iqtisodiy globalizatsiyasi bilan bir qatorda intellektual mulk huquqi va uning himoyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, intellektual mulk himoyasi davlatning innovatsiyalar orqali o'z sanoatini yuksaltirishdan tashqari, xorijdan texnologiya transferi, investitsiya qilish va aholini ish bilan ta'minlash sohasida o'ziga xos "kalit" bo'ladigan vosita hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta'minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sun'iy intellekt o'zi nima?
Sun'iy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun'iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o'rganish va muammolarni hal qilish kabi inson aqli bilan bog'liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday te xnalogiyaga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin. Sun'iy intellektning ideal xususiyati - bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobilyatidir. Hozirda sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritim hamdadasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Olimlar sun'iy intellekt bilan tajriba o'tkazishga ishtiyoq bilan qarashsada, ko'p odamlar bu hodisadan ehtiyot bo'lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon Mask ham buni insoniyat uchun "asosiy tahdid" va urush va ishsizlikning mumkin manbasi deb atagan.
Sun'iy intellektni tarixi,rivojlanish bosqichlari
Sun'iy intellektni ilmiy yo'nalish sifatida rivojlantiri sh faqat EHM yaratilgandan keyinmumkin bo'lgan. Bu XX asrning-yillarida sodir bo'lgan. Bu vaqtda N.Viner ( 1894-1964) yangi fan kibernetika bo'yicha o'zining asosiy ishlarini yaratadi. Sun'iy intellekt atamasi 1956 Stenford universiteti (AQSh) dagi xuddi shunday nomdagi seminarda taklif qilingan. Seminar hisoblash emas, balki mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga mo'ljallangan. Sun'iy intellektni fanning mustaqil sohasi deb tan olingandan keyin tezda uni ikkkita asosiy yo'nalishlarga: neyrokibernetika va "qora quti" kibernetikasiga bo'linishi sodir bo'lgan. Va faqat hozirgi vaqtda bu qismlarni yana bitta butuncha birlashishining tendentsiyasi sezilmoqda. Sun'iy intellektni amaliy qo'llashda katta ilgariga surilish 70 yillarning o'rtalarida ro'y berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritimini qidirish o'rniga mutaxassislarekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish g'oyasi kelgan. 70 yillarda sun'iy intellekt sohasidagi mutaxassislar vazifalarni yechishning umumiy usullari va bu usullardan universal dasturlarda foydalanishni qidirib, inson tafakkurining murakkab jarayonini modellashtirishga harakat qilganlar. Ammo bunday dasturlarni ishlab chiqish judayam qiyin ish bo'lgan, chunki bitta dastur yecha olishi mumkin bo'lgan vazifalar sinfi qanchalik keng bo'lsa, aniq vazifani yechishda uning imkoniyatlari shunchalik kattaroq bo'lgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mustaqil ish 1 Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili Reja: Sun’iy intellektning amaliy sohalari tahlili Intellektual agentlarning turlari
|