|
Mustaqil ish 2
|
bet | 7/8 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #261118 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH 2Simsiz aloqa tarmoqlari
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib
borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan
rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham
o’rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas
bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi.
Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan
va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda
bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga
misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega.
Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti.
Chunki bu sim orqali aloqasining o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor.
Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib
borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo. Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kerak.
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib
birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida
amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu
texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga
kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar
yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida
raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi
taqsimlashini, eng yaxshisifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi
GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini
mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan
rivojlanishiga olib keldi. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G dir.
Xulosa
“O‘zbektelekom” AK maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish loyihasi doirasida 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 Petabayt maʼlumotlarni saqlash tizimiga ega maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi hamda mavjud Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi 40 ta bleyd-server va maʼlumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmga kengaytirildi.Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri. Bu borada Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 2022-yilda 3 200 Gigabit/sekundni tashkil etdi.2022-yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshdi. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida ” farmoni imzolangan.
|
| |