314
www.
kokanduni.uz
MAMLAKATIMIZDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH TAHLILI
Elmurodov Mukhammadkodir
Student of Kokand University
Annotatsiya: XXI asr texnologiyalar asrida raqamli iqtisodiyot
juda ham jadallik bilan
rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish yangidan yangi g‘oyalarni ishlab
chiqarish asr talabi bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda ko‘plab mamlakatlar
raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar va qarorlar ishlab chiqarmoqda.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishlarda istiqbolli harakatlar olib borilmoqda.
Ushbu maqolada
raqamli iqtisodiyot hamda O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini o’rganadi.
Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, e-tijorat,
innovatsiya, texnologiya, xizmatlar, tizim,
strategiya.
Kirish: Hozirgi kunda butun dunyo jadallik bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, raqamli
texnologiyalar juda ham tez rivojlanmoqda. Biz endi hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydigan darajaga keldik. Biz bu texnologiyalar yordamida bir qancha ishlarni
yengillashtirmoqdamiz.
Vaqtimizni tejayapmiz, uzoq masofalardagi ishlarimizni ham tez hal
qilmoqdamiz. Yurtimizga ham raqamli iqtisodiyot shu jumladan elektron xizmatlar, elektron
tijorat va bizneslar shiddat bilan kirib kelmoqda. Buning natijasida ko‘plab xizmatlar hattoki
davlat xizmatlari ham online xizmatlarga o‘tmoqda. Oddiy misol agar davlatning raqamli
xizmatlaridan foydalansak bizga 10 foizgacha chegirma berilmoqda [1]. Bundan ko’rinib
turibdiki, bizning mamlakatimiz ham raqamli iqtisodiyotni qo’llab quvvatlaydi.
Yana misol
keltiradigan bo’lsak bank xizmatlari ham raqamlashmoqda. Bankka borib, navbat kutib
to‘lovlarni amalga oshirishingiz shart emas, bankning mobil ilovasi orqali ham xizmatlardan
uyda o’tirgan holda foydalanishingiz mumkin. Albatta bu juda ham yaxshi qulayliklardir.
Yurtimizda mashhur bo’layotgan
yetkazib berish xizmatlari, online bizneslar ya’ni
e-tijoratga misol bo’la oladi. E-tijorat bu – internetdan foydalangan holda savdo-sotiqni
amalga oshirishimizdir. Bu albatta raqamli iqtisodiyotning ko’rinishlaridan biridir. Biz
hozirda uydan chiqmasdan turib biror buyum yoki oziq-ovqatga buyurtma bersak bo’ldi,
o’zlari uyimizga yetkazib berishadi.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot atamasi juda ko’p uchraydi. Chunki rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyot yaxshigina ta’sir ko’rsatadi. Bundan ko’rininb
turadiki, raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotida muhim rol o’ynamoqda.