Adabiyotlar tahlili va metodologiya




Download 287,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.02.2024
Hajmi287,1 Kb.
#151490
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
314-321

Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish 
natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, 
texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish 
samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga 
asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, 
hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar 
yig‘indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan 
terminlar bilan ham ifodalanadi [5].


315
www.
kokanduni.uz 
Raqamli iqtisodiyot atamasini 1995-yilda amerikalik Nikolas Negroponte asli dasturchi 
bo’lgan inson amaliyotga kiritgan. Hozirga kelib esa bu terminni siyosatchi, journalist, 
dasturchi deyarli hamma kasb egalari qo’llamoqda. 
Taniqli sotsilog va olim Lyotard [6] IT texnologiyalarining rivojlanishi va bilimlarning 
universal tarqalishi bozorda tovar sifatida bilim almashish imkonini berishini ta'kidladi. IT-
texnologiyalarni rivojlantirish raqamli iqtisodiyotni o'rnatish uchun hal qiluvchi omil sifatida 
qaralmoqda. Ilg'or IT texnologiyalari tarmoqqa asoslangan ma'lumotlar bazalari kabi yangi 
ommaviy axborot vositalarining paydo bo'lishiga olib keldi va kompyuter tarmoqlari va 
Internetning rivojlanishi butun dunyodan ma'lumot va bilimlarni to'plashni osonlashtirdi. 
Axborot yoki bilim intensivligi IT texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarning 
iqtisodiyotning ishlab chiqarish omillari sifatida ahamiyatini oshirdi [7]. 
Bizning mamlakatimizdagi har bir sohaga jumladan qishloq xo’jaligi, sanoat, maishiy 
xizmatlar, ta’lim, sog’liqni saqlash, davlat xizmatlariga ham “raqamli iqtisodiyot” shiddat bilan 
kirib kelmoqda. Shuning uchun ham, respublikamizning iqtisodiyotini yaxshilash maqsadida 
hamda raqamli iqtisodiyotni tezroq olib kirish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qancha 
qarorlar qabul qilinmoqda. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” [8], deb nom berilishi, 
Prezidentimizning 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” [9]gi Farmoni 
hamda “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida” [10]gi PQ-3832 03.07.2018 qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 
31-avgustdagi raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “Oʻzbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlarining qabul qilinishi respublikamizda raqamli 
iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarni 
jadal rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida 
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonuniy asos yaratdi [11]. 

Download 287,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 287,1 Kb.
Pdf ko'rish