Xorijiy davlatlar bilan hamkorligi




Download 40.99 Kb.
bet3/9
Sana08.06.2023
Hajmi40.99 Kb.
#70988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 (2)
11-muatqil ish, 1-mustaqil ish, awfw1aw, 1640340967, Mustaqil ish mavzulari-сиртқи (2), Batafsil, Algoritm va loyihalash 2, Документ Microsoft Word (4), Jo\'raboyeva Z. Majmua. 4-kurs. Husnixat., 344 03.06.2021, Deysktra alogorithm, SAYLOV BETLIK, Irregular Verbs List, KURS ISHI, Balalardıń dem alıw qan aylanıw fizyalogyaliq avtanomi ózgesheligi
2.Xorijiy davlatlar bilan hamkorligi.

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun BMTning Afg‘oniston bo‘yicha doimiy komissiyasini tuzishni taklif qildi. Bu Afg‘onistondagi har qanday tinchlik jarayoni afg‘on xalqining tanloviga to‘g‘ri kelishi kerak degan prinsipga mos”, deyiladi maqolada.


O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Oltinchidan, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri ortib borayotgani qayd etildi. Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Yettinchi yo‘nalishda mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qurolli Kuchlarimizning qudrati yanada oshirilishi, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi kuchaytirilishi aytildi.
Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qo‘shni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalar kengaytiriladi.
– Prezident sifatida men mamlakatimiz tinchligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti yo‘lida butun borlig‘imni bag‘ishlab, xalqimga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotimning ma’no-mazmuni deb bilaman. Men uchun bundan boshqa oliy maqsad, baxt-saodat yo‘q. Siz, qadrli vatandoshlarimning chin dildan qo‘llab-quvvatlashingiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning duolari, aziz yoshlarimizning ishonchi menga katta kuch-g‘ayrat beradi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev so‘zining oxirida.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi yakunlandi.


O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Hukumat
5 Noyabr 2021
2755
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Ozarbayjon Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston xalqining farovonligi va ravnaqini ta’minlash borasidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Ozarbayjon rahbari va birodar xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – G‘alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Yetakchilar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror sur’at bilan o‘sayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalar soni ortayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Joriy yilda Xojiqabul shahrida avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, qishloq xo‘jaligi va ipakchilikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli kooperatsiyaga misol ekani ta’kidlandi.

Kelgusi oyda Boku shahrida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, shu jumladan poytaxtlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon hududida qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib turish muhim ekani qayd etildi.
Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari, shu jumladan Turkiy kengashning bo‘lajak sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Download 40.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 40.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijiy davlatlar bilan hamkorligi

Download 40.99 Kb.