|
Qo'shimcha ma'suliyatga ega jamiyat
|
bet | 22/44 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #268689 |
Bog'liq Mustaqil ish Ganijonov OQo'shimcha ma'suliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta'sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta'sis hujjatlari tomonidan ma'lum miqdorlardigi ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha o'z mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan ularning kiritmalarining karrali qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta ishtirokchini bankrot bo'lishida uning jamiyat majburiyatlari bo'yicha javobgarligi, agar jamiyat hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi ko'zda tutilmagan bo'lsa, qolgan ishtirochilar o'rtasida ularning kiritmalariga mutonosib ravishda tasdiqlanadi.
Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning ma'lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyati bo'yicha javob bermaydilar va o'zlariga tegishli bo'lgan aksiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog'lik zarar ko'rish xatariga egalar.
Aksiyalarga to'liq haq to'lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli bo'lgan aksiyalarning haq to'lanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aksiyadorlik ekanligining ko'rsatilishiga ega bo'lishi kerak.
Ishtirokchilari o'zlariga tegishli bo'lgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz tortib olishlari mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat o'zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani o'tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili umumiy ma'lumot berish uchun yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foydalar va zararlarning hisobini bosib chiqarishi kerak.
Aksiyalar faqat uni ta'sischilari yoki boshqa shaxslarning oldindan beogilangan doirasi orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq deb tan olinadi. U o'zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani o'tkazish yoki ularni shaxslarning cheklanmagan doirasiga xarid qilish uchun boshqa tartibda taklif qilish huquqiga ega emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni xarid qilishning afzallik huquqiga egalar. Yopiq aksiyadorlik jamiyati ishtirochilarining soni aksiyadorlak jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan ma'lum sondan oshib ketmasligi kerak, aks xolda u bir yil davomida ochiq aksionerlik jamiyatiga o'zgartirilishi, bu muddat o'tgach, sud tartibida tugatilishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati ta'sischilari bir birlari bilan jamiyatni tashkil qilish bo'yicha qo'shma faoliyatni amalga oshirish tartibi, nizom sarmoyasining miqdori, chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi va ularni joylashtirish tartibi, hamda aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan ko'zda tutilgan boshqa sharoitlarni belgilab beruvchi shartnomani tuzadilar.
Aksiyadorlik jamiyatining ta'sis hujjati uning ta'sischilari tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir.
Aksiyadorlik jamiyatining nizomi quyidagilarga ega bo'lishi kerak: jamiyat- ning nomi, uning joylashgan joyi, faoliyatini boshqarish tartibi, jamiyat tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi, ularning nomenal qiymati va miqdori haqida, jamiyat nizom sarmoyasining miqdori haqida, aksiyadorlarning huquqlari haqida, jamiyat boshqaruv idoralarining tarkibi va huquq doiralari va ular tomoni- dan qarorlar qabul qilish tartibi. Shu jumladan qaror yakka ovoz yoki ovozlarning malakali ko'pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar bo'yicha ham qabul qilinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining nizomi yana aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan ko'zda tutilgan boshqa ma' lumotlarga ham ega bo'lishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining nizom sarmoyasi aksiyadorlar tomonidan xarid qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan tashkil topadi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalariga ochiq obunaga nizom sarmoyasiga to'liq haq to'lab bo'linguncha qadar yo'l qo'yilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatni ta'sis etishda barcha aksiyalar ta'sischilar orasida taqsimlanishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyadorlarining umumiy majlisidan iboratdir.
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar kiradilar:
jamiyat nizomini o'zgartirish, shu jumladan uning nizom sarmoyasini o'zgartirish;
aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a'zolarini va jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va, agar jamiyat nizomi tomonidan bu masalalarni yechish direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi)ning huquq doirasiga kiritilmagan bo'lsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotida huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham kiradi. Qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq doirasiga tegishli bo'lgan masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonunga muvofiq jamiyat nizomi tomonidan direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tashkil qilingan holda uni mutloq huquq doirasi belgilanishi kerak. Nizom tomonidan direktorlar kengashi(kuzatuv kengashi)ni mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar u tomonidan jamiyatning ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilish mumkin emas.
Jamiyatning ijroiya idorasi kollegiyali (boshqaruv, direktorlik) va (yoki) yakka shaxsli(direktor, bosh direktor)dan iborat bo'lishi mumkin. U jamiyat faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) va aksiyadorlarning umumiy majlisiga hisobot beradi. Jamiyat boshqaruvi huquq doirasiga boshqa idoralarining qonun yoki jamiyat nizomi tomonidan belgilangan mutloq huquq doirasiga kirmaydigan barcha masalalarni hal qilish kiradi.
Aksiyadorlar umumiy majlisining qaroriga ko'ra jamiyat ijroiya idorasining vakolatlari shartnoma bo'yicha boshqa tijorat tashkilotiga yoki yakka tartibdagi tadbirkor (boshqaruvchi)ga topshirlishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi idoralarining huquq doirasi, hamda ular tomonidan qarorlar qabul qilish va jamiyat nomidan chiqishlar tartibi O'zbekiston Respublikasining Fuqoralik kodeksi, aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun va jamiyat nizomi tomonidan belgilab beriladi.
Aksiyadorlik jamiyati yillik moliyaviy hisobotning to'g'riligini tekshirish va tasdiqlash uchun har yili jamiyat va uning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bilan bog'lanmagan kasbiy auditorni jalb qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvi nizom sarmoyasidagi yig'ma ulushi o'n va undan ortik faozlarni tashkil qiluvchi aksiyadorlarning talabi bo'yicha istalgan vaqtda o'tkazilishi mumkin.
|
| |