HPFS-dagi fayllar va kataloglar FNode




Download 0,55 Mb.
bet3/3
Sana21.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#248656
1   2   3
Bog'liq
Kabirova Yulduz

HPFS-dagi fayllar va kataloglar FNode deb nomlangan asosiy ob'ektga asoslangan . Har bir FNode bitta sektorni egallaydi va HPFSda har doim uning fayli yoki katalogi yonida joylashgan (odatda fayl yoki katalogdan oldin). FNode fayl nomining uzunligi va dastlabki 15 ta belgisini, faylga kirish statistikasi, ichki ma'lumotlar, kengaytirilgan atributlar va ACL (yoki ular juda katta bo'lsa, faqat bir qismi), faylning joylashuvi va bo'ysunishi haqidagi assotsiativ ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. .
To'liq almashtirilgan fayllar va kataloglar nomlarining uzunligi (ildizdan) 260 belgidan oshmasligi kerak, yo'lning har bir komponenti esa 255 belgidan oshmasligi kerak. Fayl nomlarida quyidagi belgilarga ruxsat berilmaydi:
Keyingi bo'shliqlar ketma-ketligi e'tiborga olinmaydi, agar nuqta fayl oxirida bo'lsa, u ham e'tiborga olinmaydi (dastur mosligi uchun). Fayl nomi ichidagi nuqta qolganlari bilan bir xil belgidir. Rus qo'shni bantlarning bitmaplari yonma-yon joylashgan:

Ikki bitmap orasidagi masofa 16 MB. Chiziq o'lchami (8 MB) HPFS ning kelajakdagi versiyalarida o'zgartirilishi mumkin, chunki unga to'g'ridan-to'g'ri havolalar mavjud emas. HPFS FSHelperAttach operatsiyasi paytida diskdan boshqaruv bloklarini o'qiyotganda chiziq o'lchamini aniqlaydi.


Bitmap hajmi 2K (8MB/512/8 = 2K).
Diskning markazidagi chiziq kataloglarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu guruh Directory Band deb ataladi. Biroq, agar u to'la bo'lsa, HPFS fayl kataloglarini boshqa qatorlarga joylashtirishni boshlaydi.
HPFS-dagi fayllar va kataloglar FNode deb nomlangan asosiy ob'ektga asoslangan . Har bir FNode bitta sektorni egallaydi va HPFSda har doim uning fayli yoki katalogi yonida joylashgan (odatda fayl yoki katalogdan oldin). FNode fayl nomining uzunligi va dastlabki 15 ta belgisini, faylga kirish statistikasi, ichki ma'lumotlar, kengaytirilgan atributlar va ACL (yoki ular juda katta bo'lsa, faqat bir qismi), faylning joylashuvi va bo'ysunishi haqidagi assotsiativ ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. .
To'liq almashtirilgan fayllar va kataloglar nomlarining uzunligi (ildizdan) 260 belgidan oshmasligi kerak, yo'lning har bir komponenti esa 255 belgidan oshmasligi kerak. Fayl nomlarida quyidagi belgilarga ruxsat berilmaydi:
Keyingi bo'shliqlar ketma-ketligi e'tiborga olinmaydi, agar nuqta fayl oxirida bo'lsa, u ham e'tiborga olinmaydi (dastur mosligi uchun). Fayl nomi ichidagi nuqta qolganlari bilan bir xil belgidir. Rus

Buyruq kiritilganidan so`ng ekranda quyidagicha fayllar ro`yxati aks etadi
Quyidagi jadvalda ls buyrug`ining ba`zi qo`shimcha turlari keltirilgan. Foydalanuvchilar odatda fayllar ro`yxatini shakllantirishda o`zlari uchun kerakli bo`lgan ko`rinishni ushbu ro`yxatdagi buyruqlarning ixtiyoriy birini kiritish yo`li orqali hosil qiladilar.







Buyruq



Tasnifi




ls --color


Ro`yxatni rangli ko`rinishda chiqarish [=always/never/auto]


ls -d

Papkalar ro`yxatini chiqarish (' */' bilan)

ls -l

Kengaytirilgan formatda fayllar ro`yxatini taqdim qilish (ruxsatlar bilan)

ls -la

Kengaytirilgan format, yashirilgan fayllar bilan birga

ls -ls

Kengaytirilgan format, fayl hajmi bilan

ls -r

Teskari tartibda ro`yxatlash

ls -R

Papkalar (daraxti) bo`yicha ro`yxatlash

ls -S

Fayl hajmi bo`yicha saralash

ls -t

Sana va vaqt bo`yicha saralash

ls -X

Fayl kengaytmasi bo`yicha saralash

cd buyrug`i orqali kataloglarni o`zgartirish


cd buyrug`i foydalanuvchilarga fayllar bilan ishlashda kataloglar va papkalarni o`zgartirish imkonini beradi. Foydalanuvchi cd buyrug`i bilan yangi katalog nomini birga yozish orqali joriy katalogdan yangi katalogga o`tadi. Agar yangi katalog “DESKTOP” (Рабочийстол) bo`lsa, u holda buyruq quyidagicha yoziladi:

va endi foydalanuvchi desktop katalogini ochgan hisoblanadi, natija esa quyidagicha belgilanadi:

Ushbu desktop katalogi o`rniga yangi, home katalogini ko`rsatish orqali foydalanuvchi joriy katalogdan home katalogiga chiqadi:

endi foydalanuvchi home katalogida ishlashni boshlash imkoniga ega:

rm – fayllarni o`cherish buyrug`i


Biror bir faylni o`chirish uchun avvalo ushbu fayl joylashgan katalogga kirish talab etiladi. Faraz qilaylik, fayl home katalogida joylashgan, va biz kataloglarni o`zgartirish cd buyrug`i bilan tanishmiz. Buning uchun cd buyrug`i bilan home katalog nomini birga yozish va joriy katalogdan yangi katalogga o`tish kerak bo`ladi.


va biz home katalogiga kirdik:

abc.txtfaylini katalogdan o`chirish uchun rm abc.txtbuyrug`ini kiritamiz:

va natijani grafik interfeysda ko`rsak, abc.txt fayli o`chirilganligiga guvoh bo`lamiz:
rmdir buyrug`i
Bo`sh kataloglarni o`chirish uchun rmdir buyrug`idan foydalanamiz. Buning uchun rmdir buyrug`i bilan katalog nomini birga yozish kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda home katalogida “emptyDirectory” nomli bo`sh katalogini ko`rishimiz mumkin.
emptyDirectory katalogini o`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritishimiz zarur:
va quyidagi rasmda aks etganidek emptyDirectory nomli bo`sh katalog o`chirildi:
mv – fayllarni ko`chirish buyrug`i
Fayllarni bir manzildan boshqasiga ko`chirish uchun mv buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi rasmda aks ettirilgan DESKTOP katalogida joylashgan sample.txt faylini boshqa katalogga ko`chirishni ko`rib chiqaylik.
Desktop katalogida joylashgan sample.txt faylini Downloads katalogiga ko`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritish zarur, “mv sample.txt /yangi katalog nomi”, va u quyidagicha ko`rinishda bo`ladi:
Yuqoridagi buyruq kiritilganidan so`ng Downloads katalogiga sample.txt fayli ko`chiriladi, va uning yangi manzili “/home/bush/downloads” deb hisoblanadi.


Fayllardan nusxa olish uchun cp buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi misolda cp buyrug`i orqali bir katalogdagi fayldan boshqa bir katalogga nusxa ko`chirish ko`rib o`tilgan. Unda Home katalogida joylashgan File.txt faylidan Desktop katalogiga nusxa olish berilgan. Odatda fayldan nusxa olish buyrug`ining sintaksisi quyidagicha tashkil etiladi: cp fayl nomi / yangi manzil Agar nusxa ko`chirilayotgan manzil katalogda bu fayl yoki shu nomdagi boshqa fayl mavjud bo`lsa, u holda foydalanuvchidan mavjud fayl o`rniga yangi faylni yozish (overwrite) so`raladi, bu so`rovni chiqarish uchun cp –i buyrugi beriladi:

Faylni o`rniga boshqa faylni yozmaslik (overwrite) uchun cp –n shakli ishlatiladi:



        • mkdir buyrug`i yordamida kataloglar hosil qilish

Joriy katalogda abc nomi bilan yangi katalog yaratamiz, buning uchun mkdir buyrug`ini qo`llaymiz. Buning uchun quyidagi sintaksisdan foydalaniladi: “mkdir yangi katalog nomi” va bizning misoldagi abc nomdagi katalog uchun quyidagi buyruqni kiritamiz:
Bu buyruq orqali Desktop katalogida yangi abc katalogini hosil qilish so`rovi operatsion tizimga kiritildi. Natija esa quyidagi rasmda keltirilgan grafik muhitda ko`rsatilgan

        • chmod buyrug'i yordamida faylga ruxsatni (permission) o'zgartiring

Fayllar va papkalarga foydalanuvchi uchun ruxsatni o`rnatish uchun chmod buyrug`idan foydalaniladi. Chmod foydalanuvchi rollari uchun quyidagi uchta hil belgili ko`rsatgichlarni qo`llaydi:

        • u - foydalanuvchi (user) g –guruh (group)
          o – boshqalar (others) Quyida esa foydalanuvchilarning fayllar va papkalardan foydalanishlari uchun ruxsat etishning uchta belgili ko`rsatgichlari keltirilgan
          r – o`qish uchun ruxsat (read permission)

w – yozish uchun ruxsat (write permission)
x – o`zgartirish uchun ruxsat (execute permission)
Quyidagi misollarda chmod buyrug`idan foydalanish ko`rsatilgan, buyruqlar qatorida “+” ishoraning berilishi, bu ruxsat etishni anglatadi. Malasan, birinchi keltirilgan holatda foydalanuvchu (u - user) uchun o`zgartirish uchun ruxsat (x – execution permission) berilganligini ko`rish mumkin, va buyruq sintaksisi “chmod u+x fayl nomi” ko`rinishida bo`ladi:
Fayl va papkalarga bir vaqtning `ozida turli foydalanuvchilarga turli ruxsatlarni beruvchi buyruqni ham kiritish imkoni mavjud. Buning uchun “,” orqali ruxsat beruvchi kodlar bir biridan ajratiladi. Bu misoldan ko`rinadiki, biror aniq foydalanuvchi faylni faqat o`qish, foydalanuvchilar guruxi esa faylni o`zgartirish uchun ruxsat etilgan.
Ruxsatlarni rad etish uchun “chmod u-rx fayl nomi” sintaksisdagi buyruq kiritiladi:
touch buyrug`i yordamida bo`sh fayllar yaratish
touch buyrug`i yordamida maxsus fayllarga kirish (yoki ruxsat, eng. – access) / o`zgartirish vaqt belgilarini o`zgartirish mumkin. Bu buyruq bo`sh fayllar yaratingning eng tezkor vositasi hisoblanadi, va quyidagi ko`rinishda tizimga kiritiladi:va Desktop katalogida yangi abc.txt nomli fayl yaratiladi:
Agar fayl ochilsa, u haqiqatda bo`sh fayl ekanligi ko`rinadiBir vaqtning o`zida bir nechta bo`sh fayllarni yaratish imkoni ham mavjud, buning uchun fayl nomlari (fayl kengaytmasi bilan) birin-ketin berilishi yetarli:Buyruqning natijasi sifatida uchta fayl bir vaqtda yaratiladi. Agar bu nomdagi fayl mavjud bo`lsa, u holda faylga kirish (ruxsat etish) vaqti yangilanadi. Linux operatsion tizimning fayl va katologlarga oid buyruqlari. Linux operatsion tizimida asosiy kataloglar quydagi koʻrinishga ega:
/bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp,.);
/boot – Linux yadrosi va yuklashni boshqarish (grub va boshqalar) utilitalari saqlanadi.
/dev – Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. (Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar (printer, skaner, qattiq disk) fayl koʻrinishida saqlanadi.);
/etc – Bu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning (Apache, Samba) sozlash fayllari joylashadi.
/home – Operatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari saqlanishi lozim boʻlgan joy.
/lib – Bu katalogda tizim kutubxonlari saqlanadi. Tizim kutubxonalari - /bin /sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim boʻlgan kutubxonalardir.
/media – Operatsion tizim, avtomatik montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni (CD-ROM, USB flesh) shu katalogga montirovka (joylashtiradi) qiladi.
/mnt – Agar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga “mount” buyrugʻi orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi (joylashtiradi).
/opt – Katta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga oʻrnatiladi.
/root –root super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, root foydalanuvchisining uy katalogi hisoblanadi.
/sbin – Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur boʻlgan asosiy tizim dasturlari saqlanadi (ifconfig, iptables).
/srv - Bu katalogda turli xil yashirin ishlovchi jarayon ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni koʻrib boʻlmaydi.
/tmp – Vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini oʻqishi va katalogga yozishi mumkin.
/usr – Bu katalogda barcha oʻrnatilgan dastur paketlari, hujjatlari, yadroning kodlari va X-Window tizimi saqlanadi.
/var - Tez-tez oʻzgarib turadigan ma’lumotlar. Bu yerda operatsion tizim jurnallari, tizim log fayllari, kesh-fayllar va shu kabilar saqlanadi.
Linux operatsion tizimining asosiy buyruqlari quydagilardir :
grep MemTotal /proc/meminfo — Doimiy xotira haqida ma’lumot olish(RAM).
grep SwapTotal /proc/meminfo — Swap haqida ma’lumot olish;
free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma’lumot olish;
df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma’lumot olish;
date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish;
cal – Hozirgi kalendarni koʻrish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin boʻladi;
w – online boʻlib turgan foydalanuvchilarni koʻrish;
whoami – ishlab turgan foydalanuvchi nomini koʻrish;
finger user – user nomli foydalanuvchi haqida ma’lumot olish;
cat /proc/cpuinfo – protsessor haqida ma’lumot olish(CPU);
whereis app — app dasturi qayerda joylashganini koʻrish;
cat /etc/issue – operatsion tizim versiyasini bilish;
uname –r – kernel(yadro) versiyasini bilish;
setup – tizimni sozlash oynasini ochish;
hostname – operatsion tizim nomini bilish;
df -k /home — /home katalogi hajmini koʻrish;
fdisk —l – tizimdagi barcha disklarni koʻrish;
ps –ef | grep user – user nomli foydalanuvchi ishga tushirgan prsesslarni koʻrish;
uname –m yoki arch – kompyuter arxitekturasini koʻrish;
dmidecode –q — SMBIOS/DMI haqida ma’lumot olish;
cat /proc/mounts – montirovka qilingan fayl tizimlarini koʻrish;
Tizim haqida ma’lumotlarga ega boʻlib oldik, endi tizimni toʻxtatuvchi buyruqlar bilan tanishib chiqamiz;
shutdown -h now yoki init 0 yoki telinit 0 — tizimni toʻxtatish;
shutdown -h hours:minutes & — belgilangan vaqtda tizimni toʻxtatish;
shutdown –c – belgilangan vaqtda tizimni oʻchirish vazifasini bekor qilish;
shutdown -r now yoki reboot – tizimni qayta yuklash(perezagruzka);
logout – tizimdan chiqish;
Xulosa
Biz bu darsda Linuxning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish imkoniyatlari bilan tanishdik. Linux operatsion tizimida foydalanuvchilar buyruq kodlarini kiritish uchun Terminaldan foydalanilar ekan. Lekin kompyuter xotirasidagi axborot hajmining ortishi, o`z navbatida fayllar sonining ortishini anglatadi. Bu esa foydalanuvchi uchun fayllarni topish va boshqarishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu holatda foydalanuvchilar GUI –foydalanuvchi grafik interfeysini afzal ko`radilar. Grafik interfeys fayllarni boshqarishdagi tezkorlik va qulaylikni ta`minlab, foydalanuvchining tizimda ishlash samaradorligini oshirar ekan. Shu qatorda LINUX operatsion tiziminin fayl va kataloglarga oid buyruqlar bilan ham tanishib chiqdik.
Internet manbalari:
„Nima u Linux“ (ru). Zhelezo.uz. — Linux haqida umumiy ma'lumot. 9-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2014-yil. Arxivlandi 2014-08-09 Wayback Machine saytida.
 https://linuxiston.uz Oʻzbekzabon linux boʻyicha platforma

http://fayllar.org
Download 0,55 Mb.
1   2   3




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HPFS-dagi fayllar va kataloglar FNode

Download 0,55 Mb.