|
-Bob “Texnologiya” va “Pedagogik texnologiya”
|
bet | 5/8 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 2,11 Mb. | | #103313 |
Bog'liq Pedagogik texnologiyaning nazariy-metodologik asoslari kurs ishi2-Bob “Texnologiya” va “Pedagogik texnologiya”
2.1 “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi,tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’riflari
Tarixan “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi.
Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug‘at (М.,1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:
1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolami qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o'zgarish metodlari yigindisi;
2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta ’sir o`tkazish usullari to'g'risidagi fan.
«Qomusiy lug‘at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika , kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.»
Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q.
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usulisifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N .F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.l.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat o ‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuehaytirilgan bo‘lib, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o ‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.l.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. 1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish, o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq. Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogic natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
|
| |