Differensial kuchaytirgich (a) va uning ekvivalent sxemasi (b)




Download 0.74 Mb.
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#48804
1   2   3
Bog'liq
yusupjonov.E va S
Informatika-togarak, EKSPREMENTAL MASALALAR YECHISH METODIKASI, biophysik, Moliyaviy texnologiya FINTECH 2, 1 1 Кредит модул тизими ва ўқув жараёнини ташкил этиш, Pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalar, 6, maqola, Soibbekov Abdulbosit, dastur adabiyot metodika, «ona tili o`qitish metodikasi» fani, Videokarta, 1-mavzu. Mexatronika, 2

Differensial kuchaytirgich (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).


DK ikkita kuchlanish manbaidan ta’minlanadi. Bu manbalarning kuchlanishlari modul bo‘yicha bir - biriga teng. Ikkinchi manba (-YeM) ning ishlatilashi VT1 va VT2 tranzistorlarlarning emitterlari potensiallarini (E nuqta) umumiy shina potensialigacha kamaytirish imkonini beradi. Bu, birinchidan, DK kirishlariga signallar sathini siljitmasdan uzatish (kiritish), ikkinchidan, ham musbat, ham manfiy kirish signallari bilan ishlash imkonini beradi.

DK kirishlariga amplitudalari teng va fazalari bir xil signallar beraylik. Bunday signallar sinfaz signallar deb ataladi. Sinfaz signallar manbai bo‘lib xalaqitlar xizmat qiladi. Agar sinfaz signallar musbat bo‘lsa, VT1 va VT2 tranzistorlarlarning emitter toklari qiymatlari ortadi. Natijada, emitter toki orttirmasi ΔIE hosil bo‘ladi va u DK yelkalari orasida teng taqsimlanadi, kollektorlar potensiallari bir xil qiymatga o‘zgaradi. Natijada, bu holda VA UChIQ =0 bo‘ladi. Real DKlarda RK1 ≠ RK2 bo‘lgani uchun chiqishda kuchlanish hosil bo‘ladi. Sinfaz signallar uchun kuchaytirish koeffitsiyenti KUSF ni hisoblaymiz. DK da RE rezistor tok bo‘yicha ketmaket manfiy TA hosil qiladi, tok orttirmasi esa, unda manfiy TA signalini hosil qiladi. Demak, KUSF manfiy TAli kuchaytirgich kaskad uchun yozilgan oddiy formula bilan hisoblanishi mumkin. DKda RE rezistor emitter zanjirlar uchun umumiy bo‘lgani tufayli RE o‘rniga 2RE ishlatish kerak, ya’ni

Amalda sinfaz signal ishchi signaldan minglarcha marta katta bo‘lgani sababli, KUSF<<1bo‘lishiga intiliniladi. Buning uchun RE qiymati oshirilishi kerak. Lekin IMSlarda kata nominalli rezistorlarni hosil qilish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun RE rezistor o‘rniga katta nominalli rezistorning elektron ekvivalentidan foydalaniladi. Bunday ekvivalent bo‘lib o‘zgaruvchan tokka qarshiligi bir necha MOmni tashkil etuvchi BTG xizmat qiladi. Monolit IMSda kollektor qarshiliklari tarqoqligi DRK ± 3 % dan ortmaydi. Baholash uchun, Rk larning qiymat bo‘yicha katta va kichik tomonga og‘ishi bir xil, lekin ishoralari bilan farq qiladi (eng noxush holat) deb hisoblaylik. Unda Rk =5 kOm, R3 =1 MOm bo‘lganda, KiSF ~ 0,3-10 tashkil etadi. Shunday qilib, masalan, agar sinfaz signal amplitudasi 1 V bo‘lsa, berilgan KiSF da DK chiqishida 0,3 mV ga teng yolg‘on signal paydo bo‘ladi. Demak, bu holda kuchaytirish haqida emas, balki sinfaz signalni so‘ndirish haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. DK simmetrik bo‘lgani sababli kirish signali iKIR EO‘lar orasida teng taqsimlanadi: ularning birida kuchlanish 0,5-iKIR qiymatga ortadi, ikkinchisida esa shu qiymatga kamayadi. iKIR1 kuchlanishi ortsin, iKIR2 esa-kamaysin. Bunda VT1 tranzistorning emitter va kollektor toklari musbat orttirma, VT2 tranzistorning mos toklari esa - manfiy orttirma oladi. Natijada chiqish kuchlanishi hosil bo‘ladi

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://uz.Wikipedia.org 2. https://lib.samtuit.org 3. X.K. ARIPOV, A.M. ABDULLAYEV,


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.74 Mb.
1   2   3




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Differensial kuchaytirgich (a) va uning ekvivalent sxemasi (b)

Download 0.74 Mb.