• VPN tarmoq qurishning asosiy turlari
  • VPN texnologiyasidan foydalanishning bugungi kundagi axamiyati




    Download 0.89 Mb.
    bet3/5
    Sana24.02.2024
    Hajmi0.89 Mb.
    #162038
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    15-maruza

    VPN texnologiyasidan foydalanishning bugungi kundagi axamiyati

    VPN tarmoqlari xizmatlari bozorini rivojlanishining ko‘plab omillari mavjud. Bozorda kompaniyalarning makroiktisodiy ko‘rsatkichlari pasayishi ularning xarajatini kamaytirgan xolda o‘zlarining aloqa tarmoqlarining samarali ishlashini tashkil etishga majbur qiladi. Korporatsiyalar (korxonalar va firmalar) o‘z faoliyatini globallashish jarayonida rakobatbardoshligini saqlab qolish uchun yuqori tezlikdagi, ishonchli va samarali bo‘lgan aloqa tarmoqlariga muxtojlik sezadilar. Biznesning mavjud boshqaruv tamoyillari o‘zgarmoqda: an'anaviy bo‘lgan «sotuv — buyurtma — xarid» modelidan paketli kommutasiya tarmoqlari (masalan, Internet) asosiga qurilgan virtual xususiy tarmoqni qo‘llashga olib keluvchi «telesavdo» va «online — xarid» metodlarini misol keltirish mumkin.

    VPN uzining oddiy tuzilishida Internet orqali ko‘plab masofaviy foydalanuvchilarni yoki tashkilot tarmog‘i masofaviy ofislarini bog‘laydi. Ayni paytda kompaniya xududida xozir bo‘lmagan yoki boshqa shaxarlardagi kompaniya raxbariyati bilan aloqa o‘rnatish sxemasi juda sodda. Masofadagi foydalanuvchi o‘zi turgan nuktadan maxalliy servis-provayderiga Internet (ISP — Internet Service Provider) xizmati uchun chaqiruv jo‘natadi.

    VPN tarmoq qurishning asosiy turlari

    VPN ning uchta asosiy qurinishi qabul kilingan: masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan VPN (Remote Access VPN), tashkilot ichidagi VPN (Intranet VPN) va tashkilotlararoVPN (Extranet VPN).

    Masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud bulgan VPN ba'zan DialVPN deb xam nomlanadi. Ular mustakil dial-up -foydalanuvchilarga xavfsiz tarzda Internet yoki boshqa umumiy foydalanish tarmog‘i orqali markaziy ofis bilan bog‘lanish imkonini beradi.

    Intranet VPN «nukta-nukta» yoki LAN-LAN VPN deb xam ataladi. Bu tur VPN butun Internet yoki boshqa umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xavfsiz xususiy tarmoqlar yaratadi.


    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VPN texnologiyasidan foydalanishning bugungi kundagi axamiyati

    Download 0.89 Mb.