|
Mustaqil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. Rеja
|
bet | 5/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 142 Kb. | | #124748 |
Bog'liq Mustaqil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi.Tashqi siyosat. Asosiy printsiplarning yana biri – tashqi siyosat. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng xalqaro munosabatlarda to`la huquqli sub'еkt bo`ldi. Bu esa O`zbekistonning BMTga a'zo bo`lishi bilan yanada qonuniy mustahkamlandi. Endi O`zbekiston mustaqil ravishda tashqi siyosatni bеlgilab, uni amalga oshiradi. Tashqi siyosat quyida gi qoidalar asosida olib boriladi: suvеrеn tеnglik, kuch ishlatmaslik, chеgara dahlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umum e'tirof etgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Bu tamoyillar siyosatda oshkoralikka, ochiklikka, tеnglikka va huquqiylikka tayanib ish yuritishni taqozo qiladi. Ammo qo`shni rеspublikalardagi va mintahamizdagi vaziyat mamlakatimiz suvеrеnitеtiga tahdid soluvchi tajovuzkor kuchlardan saqlay oluvchi mustahkam va barqaror xavf-sizlik tizimni yaratish zaruriyatini tuqdiradi.
Ma'lumki, jamiyatda barqarorlik, xavfsizlik, millatlar va fuqarolararo totuvligi hamda sarxadlarimiz dahlsiz va yaxlitligini ta'minlash masalalari davlatimiz rahbari tomonidan mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab kun tartibiga qo`yilgan edi.
Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi orqali Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Shu munosabat bilan amaldagi qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini to‘laqonli amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq ularni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Sudyalar oliy kengashi raisi va a’zolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining raisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibini belgilash;
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlarni bekor qilish;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zaruratini hisobga olish.
2. Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni puxta xatlovdan o‘tkazgan holda ularni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mazmunan muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritsin, bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratsin:
mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;
insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;
davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqish;
uy-joy daxlsizligi huquqini ta’minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.
3. Adliya vazirligi 2024-yil 1-fevralga qadar kiritilgan takliflar asosida qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Vazirlik va idoralar 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga moslashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin hamda zaruratga ko‘ra vazirlik va idoralarga ushbu masala bo‘yicha taqdimnomalar kiritib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar unga zid bo‘lmagan qismida qo‘llanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari quyidagi masalalar uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin:
o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash;
amaldagi va yangi ishlab chiqiladigan qonunosti hujjatlarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid normalar aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rish;
o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida faqat qonunlar bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalarini qonunosti hujjatlarida rivojlantirish, aniqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilash bo‘yicha ishlarni axborot-tahliliy hamda ekspertlik jihatdan ta’minlab borsin.
7. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonun bilan tartibga solinishi belgilangan masalalarni qonunosti hujjatlaridan chiqarish va qonun darajasiga ko‘tarish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda vazirlik va idoralarga uslubiy ko‘maklashish tavsiya etilsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
|
| |