|
Mustaqil ta’lim mavzu: Qo’shimcha qiymat solig’i va uning ahamiyati
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 442,66 Kb. | | #228282 |
Bog'liq Mustaqil ta\'lim . Buxgalteriya hisobi. Omonov A MUSTAQIL TA’LIM Bajardi : Omonov A Tekshirdi:Narzullayev N
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali
2024
BUXGALTERIYA HISOBI VA SOLIQQA TORTISH
fanidan
Reja: - 1. QQSning kelib chiqish tarixi .
- 2. Soliq solish obyektlari.
- 3. QQSning ahamiyati.
QQS Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) – umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1958-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. Qonunlar: Qo’shimcha qiymat solig’i to’lash va undirish tartib-qoidalari “Soliq kodeksi” va “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomda belgilab qo’yilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: - Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ko’rgazmali ma’ruzalar kursi. – Samarqand, SamISI, 2018
- Abduvaxidov F.T., Qo’ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: TDIU, 2019. – 403 b.
- Isroilov B, R.O.Xolbekov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. –T.: “Tafakkur” nashriyoti. 2020. 240 b.
- R.O.Xolbekov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. - T.: “Cho’lpon” nashiryoti, 2011, 210 b.
- Axborot manbalari (Internet saytlari)
- www.gov.uz (Uzbekistan Respublikasi xukumat portali)
- www.lex.uz (Uzbekistan Respublikasi qonun xujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi)
- www.stat.uz (Uzbekistan Respublikasi Statistika Kumitasi)
- www.soliq.uz (Uzbekistan Respublikasi Solik Kumitasi)
- www.accountingtools.com (Buxgalterlar uchun kullanmalar sayti)
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
|
| |