O'zbekistonda 1989 yilning ikkinchi yarmidan
boshlangan o'zgarishlar Gdlyan guruhiga nisbatan
munosabatlarni ham keskin o'zgartirib yubordi.
"Paxta ishi" bilan bog'liq bo'lgan qonunbuzarliklarni
fosh etish, begunoh kishilarni oqlashda
O'zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov
boshchiligida keng ko'lamli ishlar boshlandi. Bu ishlar
markazdan hech qanday ruxsat so'ramasdan
mustaqil tarzda olib borildi. Shunday murakkab
sharoitda ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi
bo'lib respublika Bosh prokurori Prezident Islom
Karimovning tavsiyasiga ko'ra tayinlandi.
Yurtboshimiz Bosh prokuror oldiga respublikamiz
manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, "paxta
ishi" bo'yicha nohaq qamalagan fuqarolarning haq-
huquqini tiklash masalasini qo'ydi.
O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12
sentyabrda "paxtachilikda qo'shib yozishga yo'l
qo'ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan
kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar
tayyorlaydigan komissiya" tashkil etdi. Bu komissiya
tergov hujjatlarini O'zbekistonga qaytarib, minglab
ishlarni qayta o'rgandi. O'zoq davom etgan
mashaqqatli kurash natijasida, 2940 kishining haq-
huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz sudlangani
aniqlandi. Noqonuniy ravishda hibsga olingan
vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.