O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar




Download 200,13 Kb.
bet2/66
Sana09.12.2023
Hajmi200,13 Kb.
#114466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar
O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi:
- pedagogik qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
- milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,
dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan
ham xabardor, ma`naviy barkamol shaxs;
- O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy
etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro;
- ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik
bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis;
- o`qituvchilik kasbiga mehr qo`ygan, bolalarni yaxshi
ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib, yaxshi odam bo`lishiga
chin ko`ngildan ishonadigan, uning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan murabbiy;
- erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli kasb egasi bo`lmog’i darkor.
O`qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko`rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan insondir. Bu erda «kasbiga muvofiq» jumlasiga e`tibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik faoliyat bilan deyarli barcha odamlar shug’ullanadi, ammo faqat o`qituvchigina qachon, qaerda, qanday tarbiya berish kerakligini biladi va bu tarbiyaning samarali usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda olib borishni uddalay oladi, o`z kasbiy burchini bajarish uchun belgilangan tartibda mas`uliyatni sezgan holda mehnat qiladi.
O`qituvchilik ishi - inson faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. O`quvchilarni tarbiyalashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o`zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Ammo odamlarning aksariyat qismi o`qituvchilik kasbidan chuqur xabardor emas va pedagogik faoliyatning tashqi belgilari bo`yichagina fikr yuritadi. Agar savolni: «O`qituvchining boshqa kasbdagilardan nima farqi bor?», - deb bersak, ko`p narsa oydinlashadi. O`qituvchilik faqatgina fanni bilgan kishining vazifasi emas, u pedagogik faoliyatni ham eplay olishi kerak.
Albatta, matematikani o`rgatish faqat matematikani biladigan odamning qo`lidan keladi. Lekin tarbiyalashni bilmagan bilimli matematiklar hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi bo`lib chiqadilar. «O`qituvchi o`zi nima ish qiladi? Uning pedagogik vazifalarini qanday so`zlar bilan ifodalash mumkin?», degan savolga javob topishga harakat qilamiz.

Download 200,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 200,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar

Download 200,13 Kb.