|
Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
| bet | 14/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniMavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
Mavzu rejasi:
-
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari.
-
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
-
Ta’lim tizimi va turlari.
-
Professional ta’lim mazmuni.
-
Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari.
-
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari.
Yangi O’zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi: Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradi.
Yangi hujjat – Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi O’zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi. Shunday qilib, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo’nalish nazarda tutilgan:
birinchi ustuvor yo’nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo’nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
|
| |