Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalari




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

328


Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalari
Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli 
o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan 
asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq 
va boshqa materiallar; so'z.
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining 
harakatidir, Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga 
taqlid qiladi. ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va 
h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq 
bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar
ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish 
o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola 
harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga 
oshirishga yordam beradi.
Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini 
yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon 
tug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan 
narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini 
faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni "konfet", 
qumni "shakar" stulni "mashina" deb atashlari mumkin.
So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib 
oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z 
fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash 
imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir 
vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni 
shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea- 
lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi.
O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab 
jarayon bo'lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin 
bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini 
bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.
329


O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb 
hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi.
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan 
bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va 
shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan 
o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib 
toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay 
olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar 
birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma'lum 
munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu 
munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi 
bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalari

Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish