N. M. Kayumova




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

380


b )
Tasviriy faoliyat;
c) Musiqa.
Nutq o'stirishda:
- Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish;
- Lug'at ustida ishlash;
- Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
- Bog lanishli nutqni shakllantirish;
- Ijodiy hikoya qilish;
- Badiiy adabiyot bilan tanishtirish ishlari olib boriladi.
Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo'lishi
bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Gna tilidagi hamma tovushlarni aniq talaffuz 
qilish, lug'atning boyligi, o'z fikrini mantiqiy grammatik 
to'g'ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi - bularning 
barchasi maktabda muvaffaqiyatli o'qishning zaruriy sharti 
hisoblanadi. Shuningdek, kesma harflar yordamida tovush- 
harf tahlil va sintez bo'yicha mashqlarni bajarishga o'rgatish, 
kesma harflardan bo'g'in tuzdirish va o'qitish, unli va undosh 
tovushlar xususiyatlari, o'z ismini va 2-3 ta so'zlarni bosma 
harflarda mustaqil o'qishga o'rgatib boriladi. Bu tayyorgarlik 
davridagi tushunchalar maktab davrida mustahkamlanib, 
chuqurlashtirib boriladi.
ESementar m atem attk bilim va ko'nikm alar bo'limida
- son-sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni 
mo'ljaiga olish, vaqtni chamalash, qurish-yasash faoliyatlari 
orqali amalga oshiriladi. Bolalarda pul qiymatlari, narx, 
plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar 
beriladi. Yil fasllari, yil taqvimi, hafta kunlari, soat turlari bilan 
tanishtiriladi.
Tasviriy faoliyat mazmuni yanada murakkablashadi. 
Inson qiyofasi detallashtirilgan holati, san’at asarlari bilan 
tanishtiriladi. Bunda predmetli va voqeaband rasm chizish, 
bezakli rasm, plastilin (loy) bilan ishlash, aplekatsiya, qurish- 
yasash, qurilish materiallarini konstruksiyalash, qog'ozdan
381


konstruksiyalar hosil qilish, tabiiy materiallardan, qurish- 
yasash materiallaridan, konstruktorlik detallarni, qurilish 
materiallaridan konstruksiyalar hosil qilish va badiiy qo'l 
mehnati o'rgatiladi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish