Respublika Maorifi Xalq Komissarligining maktabgacha
ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab chiqib, bu qoidalarni joylar-
da maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak
edi. Xalq Maorifi bo'limlari qoshida viloyat territoriyasidagi
hamma ishlarni birlashtiruvchi, koordinatsiya qiluvchi va
yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi.
Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyala-
rini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-onalar kengashlari
tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim
ishlarining markazi bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari
ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha
ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta’lim bo'limi
maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p qismini katta
tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand
va boshqa viloyatlarda maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi
yaxshilandi.
1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Maorif Xalq
Komissarligining Qaroriga muvofiq Pedagogika toifasi vujudga
keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti
tashkil qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta’lim xodimlariga
doimiy va malakali metodika yordami ko'rsatib borishdan
iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi
burchagi tashkil etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga
ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan
turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari
terib qo'yilgan edi. Maktabgacha ta'lim kabineti tez orada
amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib
qoldi. Kabinetda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari
uchun adabiyot, bolalar badiiy adabiyotlarining namunalari
paydo bo'ldi18.1920-yil yanvar oyida Maorif Xalq Komissarligi
Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda
maktabgacha ta'lim nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari
o'qitilar edi. Xalq Maorifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib