aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari
maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha
ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik-
dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki
mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni
ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) muassasalar
tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat
rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash,
pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok
etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va
o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash,
uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash,
bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab
chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari
va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha
ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot
masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi
tomonidan tushadigan ariza, xatva shikoyatlarni ko'rib chiqish
vakolatiga ega.
Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish,
pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar
xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar,
tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani
yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish,
maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik
davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari
rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan
boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha
ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga
bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va
o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik
o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.