• Biologiyada kompyuter
  • Amaliy matematika kafedrasi mudiri: M.Dadaxanov
  • O’QUV FANNING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI
  • O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI Fanning maqsadi
  • Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
  • Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi
  • Semestr
  • Ma’ruz a Amaliy mashg`ulot 2
  • Ja’mi kurs boyicha 16 Amaliy mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar
  • Ja’mi kurs boyicha 18 MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI
  • Musta q il ish mavzulari TMI shakli Soat
  • Ja’mi kurs boyicha 34 NAZORAT SAVOLLARI
  • TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR Asоsiy adabiyotlar
  • "BIOLOGIYADA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI " FANINDAN 1-BOSQICH 5140100
  • 3 (qoniqarli) baho
  • Mustаqil ishlаr
  • Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi "tasdiqlayman"




    Download 70,49 Kb.
    Sana22.03.2020
    Hajmi70,49 Kb.
    #8470


    O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    AMALIY MATEMATIKA KAFEDRASI

    “TASDIQLAYMAN”

    O’quv ishlari bo’yicha prоrektоr

    ________________ D.Dehqonov

    “_____” ____________2019 yil

    Biologiyada kompyuter texnologiyalari

    fanining

    ishchi o’quv dasturi

    2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun

    Bilim sоhasi: 100000 - Gumanitar sоha

    Ta`lim sоhasi: 110000 - Pedagogika
    Ta`lim yo’nalishi: 5140100- Biologiya

    Namangan-2019


    Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil ___– avgustdagi ____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.
    Tuzuvchi: NamDU Amaliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi

    N.Umaraliyeva


    Fanning ishchi o’quv dasturi Amaliy matematika kafedrasining 2019 yil __ - avgustdagi 1–sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.



    Amaliy matematika kafedrasi mudiri: M.Dadaxanov

    Ishchi o’quv dastur Fizika-matematika fakultetining 2019 yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.




    Fakultet kengashi raisi:
    Kelishildi:

    O’quv uslubiy bоshqarma bоshlig’i: __________


    O’QUV FANNING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI
    Fanning mavzusi va hajmi Davlat ta’lim standartidagi yo’nalishida bakalavrlar tayyorlashga qo’yilgan malakaviy talablar asosida belgilanadi va “Biologiyada kompyuter texnologiyalari” fanini o’qitish davrida talabalarni kompyuterdan foydalanishga o’rgatishdan tashqari ularga yangi informatsion texnologiyalar va zamonaviy programma ta’minoti haqida tushunchalar beriladi. Jumladan, yo’nalish sohasidagi masalalarni ychishda, jadval, grafik va rasmlar ko’rinishdagi tajriba natijalarni qayta ishlashda kerakli programma vositalarida, hamda Internetdan foydalanish kabilar ko’zda tutiladi.

    “Biologiyada kompyuter texnologiyalari” fani 5140100 – Biologiya va 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishlarida 1-kurs bakalavr talabalari uchun 2-semestrida o’qitiladi.


    O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
    Fanning maqsadi - fan dasturida zamonaviy axborot texnologiyalarini o’z kasbiy faoliyatida qulay olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, yo’nalish sohasidagi mutaxassislikka oid masalalarni xal qilish ko’nikmalarini va tayyor dasturiy ta’minotdan foydalana olish malakasini hosil qilish, Windows muhitida ishlash, matn muharriri, elektron jadval, ma’lumotlar bazasi, kompyuter grafikasi, taqdimot dasturidan va internetdan foydalana olish, HTML yordamida Web sahifalar yaratish va tarjimon dasturlar bilan ishlash haqida umumiy tushunchalar kabi asosiy bilimlarga ega bo’lishlarini ta’minlash fanning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.

    Fanning vazifasi - fanni o’qitishning vazifasi talabalarga mazkur fanga oid bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay bilishga o’rgatish va ularning kompyuterdan foydalanish madaniyatini yuksak pog’onalarga ko’tarishdan iboratdir.
    Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
    Biologiyada kompyuter texnologiyalari fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

    - olingan bilim va ko’nikmalar natijaida talabalar kompyuterlarning txnik va dasturiy ta’minotini, ishlash printsiplarini, axborot xavfsizligining dolzarb muammolarini;

    -Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi sifatida ishlash, tashqi axborot tashuvchi vositalardan mustaqil faiydalanish, yangi zamonaviy dasturiy t’minotdan samarali foydalana olish, yo’nalish sohasiga oid masalalarni yechish, ma’lumotlarni himoya qilishda antivirus dasturlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

    - OSlar, Windowsda ishlash, MS Office paketi dasturlaridan foydalana bilish. Internet muhitidan foydalanish, Windowsning multimediya imkoniyatlaridan xabardor bo’lish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, Web sahifalar yaratish. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, olingan natijalarni tahlil qilish, mutaxassislaikka oid hujjatlar yaratish, masofali ta’lim a uning elementlri, kompyuter grafikasi va ma’lumotlarni kompyterga kiritishning avtomatik vositalari tarjimon dasturlardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.


    Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

    Fanga umumiy 68 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 34 soat bo’lib, 2-semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.




    Semestr


    Yuklama

    Auditoriya mashg'ulotlari turi bo'yicha o’quv yuklamasi taqsimoti(soat)

    Mustaqil ish

    Jami

    Ma’ruza

    Amaliy mashg`ulot

    2

    68

    34

    16

    18

    34


    Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar


    t/r

    Mavzular

    Qisqacha mazmuni

    Soat



    Biologiyada kompyuter texnologiyalari faniga kirish.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. O`zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari, amaldagi qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar mahkamasining qarorlari. Respublikada komp’yuterlashtirish va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot va boshqaruvdagi roli.

    2



    Axborot va uning turlari, xossalari, uzatilishi, o`lchov birliklari. Axborot texnologiyalari.

    Axborotni kodlash. Ma`lumotlarning turiga ko`ra (matnli, belgili, audio, video va animatsiya) komp’yuter xotirasida tasvirlash. Sanoq sistemalari. Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining o`rni. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Zamonaviy EHMlarning tarixi, hozirgi holati, ishlash printsiplari va arxitekturasi. SHKning programma ta`minoti. Operatsion sistemalar. Windows OS. Arxivlovchi dasturlar. Komp’yuter viruslari va Antivirus dasturlari

    2



    MS Office dasturlar paketi

    Office 2010 ning imkoniyatlari. Dunyo talablariga mos xolda Office 2010 da samarali ishlash.Word 2010 dasturi yordamida xujjatlar yaratish. Excel 2010 yordamida ma`lumotlar tayyorlash.

    2



    PowerPoint 2010 bilan dinamik prezentatsiyalar tayyorlash. Access 2010 dasturida ma`lumotlar bazasini yaratish.


    Standart shablonlar asosida taqdimotlarni yaratish. Taqdimot slaydlarini boshqarish. Slaydlar ustida amallar (o'zgartirish, yangi slaydlar qo'shish, bekitish va ko'rsatish). Slaydlar shakllari va bezash. Taqdimot slaydlarida ob'ektlardan foydalanish (rasm, diagramma, jadval, tovush va videoklip). Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish.

    Ma'lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari. Ma'lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari ma'lumotlar bazasi asosiy tushunchalari, ma'lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurishdagi roli Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. MS Access dasturi.



    2



    Grafik dasturlar.

    Paintdan foydalanish. Vektorli va rastrli komp’yuter grafikasi. Adobe Photoshop dasturida tasvirlarni qayta ishlash.

    2



    Tarjimon dasturlar.

    Masofali ta`lim to`g`risida umumiy tushunchalar.



    Tarjimon dasturlar, ularning xususiyatlari va ulardan amalda foydalanish imkoniyatlari. Masofali ta`lim to`g`risida umumiy tushunchalar, imkoniyatlari va afzallik tomonlari. Masofali ta`limning elementlari. elektron darsliklar.

    2



    Web sahifa yaratish asoslari.

    Web sahifa yaratish asoslari, texnologiyalari va usullari. Ularning imkoniyatlari va vazifalari.Bloknotda web sahifa yaratish. HTML tili yordamida Web sahifalar yaratish asoslari. FrontPage dasturi

    2



    Axborot kommunikatsiyasi va tarmoqlari. Internet tarmog`i.

    Komp’yuter tarmoqlarining ko`rinishlari. Mahalliy («lokal») va tarmoq holdagi («global») axborot tarmoqlarining arxitekturasi, topologiyasi va infratuzilmasi, ularning texnikaviy, dasturiy va axborot ta`minotlari. Elektron pochta xizmati

    2

    Ja’mi kurs boyicha

    16


    Amaliy mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar


    t/r

    Ma’ruza mavzulari

    Qisqacha mazmuni

    soat



    Windows OS.

    Masalalar panelini sozlash. Ob`ektlarni ochish, yig`ish, yopish, oyna o`lchamlari va joylarini o`zgartirish. Ish stolida fayl, papka va yorliqlar yaratish. Zip va Rar formatli arxivlangan fayllarni hosil qilish va ularni arxivdan chiqarish. Komp’yuterda viruslar va mavjud antivirus dasturlaini ishlatish.

    2



    Office dasturlar: MS Word matn muharriri.

    Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish. Wordda grafik ob’ektlarni hosil qilish va tahrirlash.Wordda jadval yaratish va taxrirlash. Matnli xujjat tuzilishini o‘zgartirish

    2



    Office dasturlar: MS Excel elektron jadval

    Excel da jadvallar bilan ishlash. Ma`lumotlarni formatlash. Excel da funktsiya va diagrammalar ustasi bilan ishlash. Excel da tayyorlangan hujjatni bosmaga chiqarish. Excel da mutaxassislikka oid masalalarni bajarish.

    2



    Office dasturlar: MS Power Point dasturi.

    Power Pointda slayd, fon, shablon va animatsiyalar. Tovush effektlari. Prezentatsiyada Slaydlar almashinishini qo`lda va avtomatik tarzda tashkil qilish.

    2



    Office dasturlar: MS Access dasturi.

    Access. Berilganlar bazasini hosil qilish, saqlash, tahrirlash, so`rovlar va shakllar tashkil qilish. Hisobotlar va sahifalar tashkil qilish

    2



    Adobe Photoshopda rasmlarni qayta ishlash.

    Adobe Photoshopda rasmlarni qayta ishlash. Qatlamlar bilan ishlash. Tasvirda fil’trlardan foydalanish.

    2



    Tarjimon dasturlardan foydalanish.

    Tarjimon dasturlar, ularning xususiyatlari va ulardan amalda foydalanish imkoniyatlari.

    2



    Web sahifa yaratish asoslari.

    Web sahifa yaratish asoslari, texnologiyalari va usullari. Ularning imkoniyatlari va vazifalari.Bloknotda web sahifa yaratish. HTML tili. Sarlavha, sahifaga jadval, rasm va murojaatlar qo`yish. Harakatlanuvchi ob`ektlar hosil qilish. FrontPage dasturi

    2



    Internet. Elektron pochta.

    Internet. Qidiruv tizimidan foydalanib zarur adabiyotlarni topish va olish. Elektron pochta. EP ro`yxatidan o`tish. Xat yozish, jo`natish va kelgan xatlarni o`qish.

    2




    Ja’mi kurs boyicha

    18

    MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI




    Mustaqil ish mavzulari

    TMI shakli

    Soat




    2-semestr



    Ma’ruza mashg’ulotlariga tayorgarlik ko’rish

    Ma’ruza mashg’ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish






    Amaliy mashg’ulotlariga tayorgarlik ko’rish

    Amaliy mashg’ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish






    Matn muharririda mutaxassislikka oid gippermurojaatli xujjatlar tayyorlash.

    Matn muharririda mutaxassislikka oid gippermurojaatli xujjatlar tayyorlash. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish.

    4



    Mutaxassislikka oid masalalarni electron jadval imkoniyatlaridan foydalanib yechish.

    Mutaxassislikka oid masalalarni electron jadval imkoniyatlaridan foydalanib yechish. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish.

    4



    PowerPointda o`z mutaxassisligini namoyish qiluvchi kamida 10 ta slayddan iborat taqdimot tayyorlash.

    PowerPointda o`z mutaxassisligini namoyish qiluvchi kamida 10 ta slayddan iborat taqdimot tayyorlash. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish.

    4



    Mutaxassislikka oid ma’lumotlar bazasini yaratish va u bilan ishlash.

    Mutaxassislikka oid ma’lumotlar bazasini yaratish va u bilan ishlash. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish.

    4



    Mutaxassislikka oid saxifalar yaratish va uni tahrirlash.

    Mutaxassislikka oid saxifalar yaratish va uni tahrirlash. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish.

    4



    Amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish. Dasturlash muharrirlarida ishlash.

    Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish

    4



    Tarjimon dastur yordamida mutaxassislikka oid mavzu matnini tarjima qilish.

    Tarjimon dastur yordamida mutaxassislikka oid mavzu matnini tarjima qilish. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish

    4



    Masofali ta`lim imkoniyatlari, afzalliklari va elektron darsliklar bilan tanishish.

    Masofali ta`lim imkoniyatlari, afzalliklari va elektron darsliklar bilan tanishish. Internet manbalar, adabiyotlar bilan tanishish va adabiyotlardan kоnspekt qilish

    6




    Ja’mi kurs boyicha

    34


    NAZORAT SAVOLLARI


    1. Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring

    2. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari.

    3. Turli sanoq sistemalaming tarixda qo'llanishi va ularning ishlash asoslarini aytib bering.

    4. Asosiy va atrof qurilmalaming ishlash prinsipini asoslab bering.

    5. Dastur turlari.

    6. Windows ОТ ob’ektlari.

    7. Windows operasion tizimni komp’yuterga o'matish (Instalizasiya qilish).

    8. Virus va antivirus dasturlar.

    9. Arxivatorlar.

    10. Antivirus dasturlaming viruslardan tozalashdagi imkoniyatlari.

    11. Matn muharrirlari va Word matn prosessori.

    12. Kiritish, tahrirlash va formatlash amallari.

    13. Hujjat tarkibiga rasm o‘matish, hujjatni bezash.

    14. Yangi simvolni o‘rnatish.

    15. Ma’lumotlami kiritish va tahrirlash.

    16. Excel dasturida avtoto‘ldirishlar va avtohisoblashlar.

    17. Progressiya.

    18. Saralash amali.

    19. Mul’timediya va uning zamonaviy ta’minoti.

    20. PowerPoint dasturining asosiy elementlari.

    21. Animatsion effektlar.

    22. Taqdim etishni boshqarish.

    23. Multimediali taqdimotlar yaratish.

    24. Multimediadan axborot ta’minotida foydalanish

    25. 0‘rgatuvchi taqdimotlar yaratish.

    26. MB. MBBT.

    27. Access dasturida ma’lumotlar bazasi hosil qilishning qo‘shimcha imkoniyatlari haqida.

    28. Strukturalangan MB tayyorlash.

    29. Jadvallar, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar yaratish

    30. Adobe Photoshop dasturining imkoniyatlari va qoMlanilishi.

    31. Kasbiy sohalari bo‘yicha Web-sahifa yaratish.

    32. Intemetning zamonaviy xizmatlari

    33. Intemetdan masofaviy ta’limni tashkil qilishda foydalanish.

    34. Taqsimlangan mavzularga oid ma’lumot qidirish.

    35. Internet Explorer dasturi imkoniyatlari.

    36. Matn muharrirlarida web-sahifa yaratish.

    37. Vizual dasturlari web-sahifa yaratish.

    38. Murakkab web-sahifalarni yaratish uchun maxsus dasturlar.

    39. Sohaning axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish.

    40. Soha axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari.


    TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR
    Asоsiy adabiyotlar

    1. М.Арипов, Б.Бегалов, У.Бегимқулов, М.Мамаражабов. Ахборот технологиялар. Ўқув қўлланма. Т.: “Ношир”.2009.

    2. M.Aripov, M.Fayzieva, S.Dottaev. Web texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.: “Faylasuflar jamiyati”. 2013.350 bet.

    3. M.Aripov, M.Muxammadiev. Informatika va informatsion texnologiyalar. Darslik. T: TDYul., 2004.

    4. В.А.Рожков, С.В.Рожкова. Почвенная информатика. М.: Изд. МГУ. 1993.-189с.

    5. Katherine M. First look MS Office 2010. Microsoft Press. Redmond, Washington 98052-6399. © Microsoft Corporation, 2010.

    6. A History of the Personal Computer: the People and the Technology.  Ray A. Allan: Allan Publishing; 1st edition. 2001. UK. 528 pages.

    7. Your PC, Inside and Out. By Luchlan Roy. Kindle edition ( 2013) UK.


    Qo’shimcha adabiyotlar

    1. М.М.Арипов, Ф.А.Кабилжанова, З.Х.Юлдашев, «Информационные технологии» (учебное пособие для студентов ВУЗов), Ташкент 2004, НУУз.

    2. М. Арипов, А. Тиллаев. «Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари». Олий ўқув юртлари учун Электрон қўлланма (CD). Тошкент. 2002.

    3. М.М.Арипов, Ф.А.Кабилжанова, З.Х.Юлдашев. «Информационные Технологии» (учебное пособие для студентов ВУЗов), Ташкент 2004, НУУз.

    4. M.M.Aripov, T.Imomov va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. 1-2-qism, Toshkent. 2005. TDTU. 334 b. va 394 b.

    5. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik. – T.:“Cho’lpon”, 2013.

    6. Арипов М., Хожиев Т. Excel бўйича лаборатория ишларини бажариш. ЎзМУ,Тошкент, 2006. 36 бет.

    7. Л.П.Варламова, Ф.А.Кабилжанова. Методические указания по курсу «Применение информационных технологий в экономических задачах». Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека. Ташкент 2014 г. 32 c.

    8. F.A.Kabiljanova, L.P.Varlamova. “Informatsion texnologiyalarni iqtisodiy masalalarga qo'llash” kursi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. Mirzo Ulug’bek nomli O’zMU. Toshkent, 2014. 48 b.

    9. Г.Г.Рапаков, С.Ю.Ржеуцкая. Программирование на языке Pascal.djvu Санкт-Петербург, «БХВ- Санкт-Петербург -» 2004.

    10. В.Г.Скатецкий, Д.В.Свиридов, В.И.Яшкин. Математические методы в химии. –Минск:ТетраСисемс, 2006. -368 с.

    11. Н.А.Плохинский. Алгоритмы биометрии. М.: МГУ. 1980, -180с.

    12. Д.Ю.Романова, Г.И.Лесничая. Информатика и информационные технологии. Конспект лекций: учеб.посорбие. –М.: Эксмо, 2009. -320с

    Internet saytlari.

    1. Википедия. Свободная энциклопедия: www.ru.wikipedia.org

    2. http://www.intuit.ru/department/informatics/intinfo/

    3. http://stud.h16.ru/education/informat/eu intro/i1.htm

    4. http://www.junior.ru/students/miroshnikov/pon kod.htm

    5. http://www.dstu.edu.ru/informatics/mtdss/index.html

    6. http://www.tula.net/tgpu/new/New/informatic/g1.htm

    7. http://www.ziyonet.uz


    "BIOLOGIYADA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI " FANINDAN 1-BOSQICH 5140100- BIOLOGIYA YO`NALISH TALABALARINI 2-SEMESTRDA BAHOLASH MEZONI
    Baholash mezoni O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizom” asosida ishlab chiqildi.

    Talabalar bilimini baholashda mazkur Nizomga asosan belgilanadi.



    Joriy nazorat:

    Talabaning amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

    talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;

    talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;

    talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

    talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.



    Oraliq nazorat:

    Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi.

    Oraliq nazorat bir semester davomida test asosida 1 marta o’tkaziladi.

    Testlar soni 20 ta, xar bir to’g’ri javob uchun quyidagicha baholanadi

    18-20 javoblar uchun ”5”

    14-17 javoblar uchun ”4”

    12-13 javoblar uchun ”3”

    0 - 11 javoblar uchun ”2”



    Mustаqil ishlаr uchun ham baho berilаdi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini mustaqil bajarib, ijodiy fikrlay olsa, mustaqil mushohada yuritsa 5 baho, topshiriqlarni mohiyatini tushunib yoritib bersa, berilgan topshiriqlarni yahshi topshira olsa 4 baho, topshiriqlarni bajarishda tasavvurga ega bo’lib, berilgan savollarga to’la javob bera olmasa 3 baho, topshiriqlarni mustaqil bajara olmasa 2 baho.

    Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari hamda mustaqil ishlarini bajarish davomida olgan baholari inobatga olinadi.



    Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy baholashda talaba 3ta savolga yozma yoki 30ta test savoliga javob berishi lozim: har bir yozma savolga baho beriladi, agar savol mahiyati to‘la ochilgan bo‘lib, mavzu bo‘yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo‘lsa – 5 baho, savolning mohiyati to‘la ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa – 4 baho, savolga to‘g‘ri javob berilgan lekin ayrim kamchiliklari bor bo‘lsa – 3 baho, berilgan savolda javoblar umumiy va kamchiliklar ko‘proq bo‘lsa – 2 baho beriladi test savolining 26-30 ta to’g’ri javob uchun 5 baho, 22-25 har biri ta to’g’ri javob uchun 4 baho, 17- 21 ta to’g’ri javob uchun 3 baho, 0-17 ta to’g’ri javob uchun 1 baho bilan baholanadi.



    Download 70,49 Kb.




    Download 70,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi "tasdiqlayman"

    Download 70,49 Kb.