-rasm. Quyosh elementlari konstruksiyalari




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   693
Bog'liq
Тўплам

1-rasm. Quyosh elementlari konstruksiyalari 
Agar sirt yuzasidan p-n o'tishgacha bo'lgan masofa nurning kirish chuqurligidan(1/a dan) kichik 
bo'lsa, elektron-teshik juftliklar p-n o'tishdan ichkarida ham hosil bo'ladi. Agar p-n o'tish juftlik hosil 
bo'lgan joydan diffusion uzunlikchalik masofa yoki undan kamroq masofada bo'lsa, zaryadlar 
diffuziya jarayoni natijasida p-n o'tishga yetib kelib, elektr maydoni ta’sirida ajratilishi mumkin.
Elektronlar p-n o'tishning elektron bor bo'lgan qismiga (n-qismiga), teshiklar p-qismiga o'tadi. 
Tashqi p- va n -sohalarni birlashtiruvchi elektrodlarda(kontaktlarda) potentsiallar ayirmasi 
hosil bo'lib, natijada ulangan yuklanma qarshiligi orqali elektr toki oqa boshlaydi. p-n 
o'tishgadiffuziyalangan asosiy bo'lmagan zaryad tashuvchilar, potentsial to'siq bo'lganligi sababli, 
ikkiga ajratiladi. 
Ortiqcha hosil bo'lgan (to'siq yordamida ajratilgan) va to'plangan, n-sohadagi elektronlar va p-
sohadagi teshiklar p-n o'tishdagi mavjud hajmiy zaryadni kompensatsiya qiladi, ya’ni mavjud bo'lgan 
elektr maydoniga qarama-qarshi elektr maydonini hosil qiladi. Yoritilish tufayli tashqi elektrodlarda 
potentsiallar ayirmasi hosil bo'lishi bilan birga yoritilmagan p-n o'tishdagi mavjud potentsial 
to'siqning o'zgarishi ro'y beradi.Hosil bo'lgan foto EYuK bor bo'lgan potentsial to'siq qiymatini 
kamaytiradi. Bu esa o'z navbatida qarama-qarshi oqimlarning paydo bo'lishini, p-qismdan teshiklar 
oqimini hosil qiladi. Bu oqimlar bo'lishini ta’minlaydi, Ya’ni elektronlar p-n o'tishga qo'yilgan elektr 
kuchlanishi ta’siri natijasida to'g'ri yunalishdagi tok bilan deyarli teng bo'ladi. Yoritilish jarayoni 
boshlangan vaqtdan boshlab ortiqcha (muvozanatdagiga nisbatan) zaryadlarning to'planishi 
(elektronlarning n-sohada va teshiklarning p-sohada) potentsial to' siq balandligini kamaytiradi, yoki 
boshqacha qilib aytganda elektrostatik potentsialni pasaytiradi Bu esa o'z navbatida tashqi 
yuklanmadan oqayotgan tok kuchini oshiradi va qarama-qarshi oqimlar hosil qiluvchi elektronlar va 
teshiklar oqimini p-n o'tishdan o'tishini ta’minlaydi. Yorug'lik tufayli hosil bo'lgan ortiqcha juftliklar 
soni p-n o'tish yoki tashqi yuklanma orqali ketayotgan juftliklar soniga teng bo'lganda statsionar 
muvozanat hosil bo'ladi. Odatda bu hol yoritilish jarayonining mingdan bir soniyasi davomida ro'y 
beradi. 



Download 15,56 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Quyosh elementlari konstruksiyalari

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish