• A.O.Usmonxo’jayev, F.Vasliddinov Namangan Muxandislik-Texnologiya Instituti Annotatsiya
  • Kalit so`zlar
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

     
     
    QUYOSH ENERGIYASINI FOTOELEKTRIK BATAREYALAR YORDAMIDA ELEKTR ENERGIYASIGA 
    O'ZGARTIRISH VA UNGA TASHQI MUHIT OMILLARINING TA’SIRI 
     
    A.O.Usmonxo’jayev, F.Vasliddinov
    Namangan Muxandislik-Texnologiya Instituti 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda keng ko`lamda ishlar olib borilayotgan quyosh 
    energiyasini elektr energiyaga aylantirish jarayonlari, xamda tashqi muhit omillarining unga bo`lgan 
    salbiy ta`sirlarini o`rganish jarayonlari xaqida fikr yuritilgan. 
    Kalit so`zlar: Quyosh energiyasi, elektr energiya, fotoeffekt hodisasi, p-n o`tish jarayoni, 
    fotoelektrik batareya, quyosh radiatsiyasi.Fotoelektrik effektga asoslangan yarimo'tkazgich (YO') 
    materiallarda p-n o'tishli tuzilmalardan iborat quyosh elementlari (QE) da, ularga tushayotgan 
    quyosh nuri bevosita elektr energiyasiga aylanadi. Shuning uchun, QE fotoqabullagich va 
    fotoqarshiliklardan farqli ravishda tashqi kuchlanish manbaiga muhtoj emas. Bu effekt yuz yildan 
    ortiq vaqt davomida selen va mis oksidining fotoelektrik xususiyatlari sifatida o'rganib kelingan, 
    ammo ularning FIK 0,5 % dan oshmagan.
    Bu muammoning nisbatan faol yechilishi YO' materiallar elektron tuzilishining soha nazariyasi 
    yaratilganidan keyin, materiallarni kirishmalardan tozalash va nazoratli kirishmalar kiritish 
    texnologiyasi, hamda p-n o'tishning nazariyasi yaratilishi bilan bog' liqdir.So'nggi 35 yil davomida 
    energiya manbai sifatida yuqori samarali Si, GaAs, InP, CdTe va ularning qattiq qotishmalari asosida 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.166 
    FIK 20-24 % bo'lgan QE yaratildi. Kaskadli QE larda esa FIK 30 % gacha yetkazildi. Keng tarqalgan 
    kremniy asosidagi QE lari konstruktsiyasi 1-Rasm qarama-qarshi tipdagi p- va n-materialning bir-
    biriga yaqin tutashtirishdan hosil qilinadi. YO' material ichidagi p- va n-tip materiallar orasidagi o'tish 
    sohasi (chegara xududi) elektron-teshik yoki p-n o'tish deyiladi.
    Termodinamik muvozanat holida elektron va teshiklar muvozanat holatini belgilovchi Fermi 
    sathi materialda bir xil holda bo'lishi kerak. Bu shart p-n o'tish hududida ikkilangan zaryadli qatlam 
    hosil qiladi va uni hajmiy zaryad qatlami deyilib, unga taaluqli elektrostatik potentsial paydo bo'ladi. 
    p-n tizilma sirtiga tushgan optik nurlanish sirtdan material ichiga qarab p-n o'tish yo'nalishiga 
    perpendikulyar ravishda kontsentratsiyasi kamayib boruvchi elektron-teshik juftliklar hosil qiladi.

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish