• Malumotlar bazasiga sorovlar yaratish bosqichda
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Andozani yaratish bosqichida




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet577/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Andozani yaratish bosqichida foydalanuvchi tomonidan har bir hujjat turi uchun vizual 
    maket yaratiladi. Matn muharriri, hususan MS Word andozani ishlab chiqish qobig'i sifatida 
    ishlatiladi (andoza .doc fayl). MS Word hujjat elementlarini loyihalash va aniq joylashtirish uchun 
    katta imkoniyatlar yaratadi. Andozaning zaif tuzilmasi hujjat tuzilishini tavsiflashda maxsus 
    usullardan foydalanishni talab qiladi. Axborot tuzilmasini modellashtirishda maxsus belgilash tili 
    taklif etiladi. Ya’ni, andozani ishlab chiqishda hujjat maxsus teglar (belgi) yordamida tuziladi. 
    Uning yordami bilan hujjat fragmentlari va vizual ko'rinishi aniqlanadi.
    Ma'lumotlar bazasiga so'rovlar yaratish bosqichda yaratilgan andozani to'ldirish uchun 
    ma'lumotlarni tayyorlanadi. Hujjatlarni shakllantirishning murakkab mantig'ini qo'llab-quvvatlash 
    uchun ma’lumotnoma namunalaridan foydalaniladi (ma'lumotlar jadvallari bundan mustasno). 
    Namunani boshqarish (foydalanuvchi so'rovlarini yaratish, tahrirlash, o'chirish, shartlarni 
    shakllantirish) onlayn so'rovlarni yaratish mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Buning 
    natijasi esa vizual vitrinar ma’lumotlar (data mart) konstruktori yordamida murakkab iboralar va 
    so'rovlarni yaratishdir. Hujjatning axborot tuzilmasini ishlab chiqilgan algoritmga muvofiq tahlil 
    qilish so'rovlarni tuzish zarurati va shartlarini aniqlash imkonini beradi. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology
     
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.530 
    1-rasm. Hujjatlarni generatsiyalash jarayonining funksional modeli 
     
    Andozani sozlash bosqichida andoza elementlari manba jadval ma'lumotlari yoki 
    so'rovlardan olingan ma'lumotlar bilan taqqoslanadi. Andozani to'ldirish parametrlari interaktiv 
    sozlanadi. Bunda hujjat strukturasining har bir elementi ma'lumotlar bazasi jadvalidagi maydon 
    bilan taqqoslanadi. Foydalanuvchi jadvallar va maydonlarning rasmiy nomlarini, jadvallar 
    orasidagi munosabatlarni bilishi shart emas. Jadvallarning tuzilishi haqidagi barcha kerakli 
    ma'lumotlar tizimining xizmat ko'rsatish bazasi orqali qulay shaklda taqdim etiladi. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish