154
inshootning eniga va qavatlar soniga bog‘liq deb topdi va quyidagi 9.3 -
jadvalni tuzdi.
9.3-jadval
Inshootning
kengligi
Qavatlar soniga qarab burg‘ quduqlarining chuqurligi, m
1
2
4
8
12
30
60
120
3,3
3,6
3,6
6
6,6
6,9
9,9
12,3
13,5
15,9
20,4
24,3
24
32,4
40,8
Mustahkamligi yuqori bo‘lishi lozim inshoot va binolarning asosini
o‘rganishda ish chizmasi loyihasiga qo‘shimcha ishlar kiritilishi mumkin,
bu ishlar poydevorni qancha chuqurlikka joylashtirish lozimligi, uning
o‘lchamlariga oid bo‘lib, o‘tkazilgan ishlarning natijasiga uncha katta
ta’sir etmaydi.
Qurilish xandaqlarini qazishda har qanday qonuniyatga
buysunmaydigan, fizik - mexanik xossalari o‘zgaruvchan tog‘ jinslariga
katta e’tibor berish shart.
Ish loyihasida o‘tkazilgan muhandislik - geologik tekshirish ishlari
tamomila to‘la, inshootning konstruktiv tomonlarini hisobga olgan holda,
muhandislik - geologik sharoitini baholash bilan birga, qurilishda olib
boriladigan uslublarni, poydevor turlarini va ularning tejamlilik
tomonlarini asoslab berish kerak.