-Mavzu Geometrik va algebrik fractal bilan ishlash Reja




Download 39,74 Mb.
bet115/230
Sana19.09.2024
Hajmi39,74 Mb.
#271664
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   230
Bog'liq
Kompyuter grafikasi darslik

30-Mavzu Geometrik va algebrik fractal bilan ishlash


Reja


1.Geometrik grafika bilan ishlash
2.Algebraic fractal grafika bilan ishlash
3.Grafika tushunchasi

Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin:


• tijoratga oid
• namoyishlarga oid;
• injenerlikka oid;
• ilmiy;
• ko’rgazmaviy;
• animatsion;
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axbo-rotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma ‘him joylarda shartli belgili izohlar bilan ta’minlanadi.
Tiiorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchiningsiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o’z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini tahlil qilish
imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi — matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa — yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi — bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ilmiy grafika — ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik,biologikva boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish — ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada -xullas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda ishlatilishi mumkin.
Ko rgazmaviy grafika — namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarining yig’indisini tashkil etadi.
Animatsion grafikada – rang bilan ishlashdagi muvofaqiyatlarni, muhandislik grafikasidagiuch o’lchovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan qo’shib uyg’unlashtirilgan.

Download 39,74 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   230




Download 39,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu Geometrik va algebrik fractal bilan ishlash Reja

Download 39,74 Mb.