|
-Mavzu 3 DS Max dasturi koordinata tekisligi bilan ishlash
|
bet | 123/230 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 39,74 Mb. | | #271664 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi darslik32-Mavzu 3 DS Max dasturi koordinata tekisligi bilan ishlash, 3D Max dasturida modellashtirish
Reja:
1.Koordinatalar sistemalari.
2.Dekart koordinatalar sistemasi.
3.Tcilindrik koordinata sistemasi.
4.Sferik koordinata sistemasi.
5.3D modellashtirish dasturi
Koordinatalar sistemalari.
Uch o’lchovli grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning kompyuter modellarini qurishda keng qo’llaniladi. Uch o’lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo’nalishdir. Uch o’lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob`ektlar va kameralarni ko’chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo’lishi kerak. Bu erda shu sohaning tashkil etuvchilari – fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, animatciya yoritish va namoyish to’g’risida ma`lumotlar keltiriladi.
Oxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o’lchovli 3D modellashtirish, animatciya va namoyish dasturlari ko’p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX yoki Alias Wavefront kompaniyasining MAYA dasturlari o’z mohiyatlari bo’yicha gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir – alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi.
3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animatciya (harakt)larni qo’llash imkoniyati ularga bo’lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni:
- namoyish effektrlarini kino va videoindustriyada
- televizion tijoratda (reklama)
- interaktiv o’yinlarda
- sanoat va arxitektura dizaynida (bezash)
- ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida
- o’rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.
Ta`kidlash lozimki uch o’lchovli grafika dasturlari kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo’yadi.
Uch o’lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D – tekislik uch o’lchovli grafika maqsadlariga tug’ri kelmaydi. 3D – grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o’lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o’lchovli grafikada Dekart, tcilindrik va sferik koordinata sistemalari ishlatiladi.
Dekart koordinata sistemasida ixtiyoriy P nuqtaning holati uchta xaqiqiy son (koordinata) bilan beriladi. Bu sonlar P nuqtaning uchta o’zaro perpendikulyar va bo’laklarga bo’lingan chiziqlarga proektciyalaridir. Bu o’qlarga koordinata o’qlari deyiladi.
1- Rasm. Dekart koordinatalar sistemasi.
Odatda bu koordinata o’qlari (coordinate axis) x o’qi (abtcissa), u o’qi yoki (ordinata) va z o’qi yoki (apilikata) orqali belgilanib, ulardagi nuqta koordinatalari (x,y,z) ko’rinishida ifodalanadi. (0,0,0) koordinatali nuqtaga, koordinata sistemasining boshi (origin) deyiladi. Ta`kidlash lozimki bunday to’g’ri burchakli koordinata sistemasi ikkita: o’ng tomonli va chap tomonli bo’lishi mumkin. Bu holatlarni kuzatish uchun qog’ozda x o’qi gorizontal holda, musbat qiymatlari o’ng tomonda u o’qini vertikal holda musbat qiymatlari yuqorida chizib, z o’qining musbat qiymatlari kuzatuvchi tomonida bo’lsa, sistema o’ng tomonli, aks holda chap tomonli bo’ladi. Tcilindrik koordinata sistemasida fazodagi nuqtaning holati uchta koordinata bilan aniqlanadi (r, θ, z).
|
| |