• Qo`shimcha effektlar Effektlarni qo`llash
  • Egish effekti bilan ishlash
  • Ob'ektlarni egri chiziqlar to`plamiga aylantirish




    Download 39,74 Mb.
    bet58/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    Ob'ektlarni egri chiziqlar to`plamiga aylantirish

    Convert to Curves (egri chiziqlar to`plamiga aylantirish) komandasining asosiy vazifasi to`rtburchaklik, ko`pburchaklik , ellips va tekstlarni tahrirlash uchun qulay bo`lgan yopiq qiyshiq chiziqlar to`plamiga aylantirishdir. Corel DRAW dasturida grafik loyihalar ustida ishlash jarayonida ko`pgina turli tuman shakllar yaratishga to`g`ri keladi. Rasmlardan tashqarideyarli ularning barchasi standart to`g`ri to`rtburchaklik,ellips va qiya chiziqlardan boshlanadi. Shularga o`hshash standart ob'ektlarga Corel DRAW ning turli grafik effektlarini qo`llashga to`g`ri keladi. Lekin ko`pincha effektlarni qo`llaganingiz bilan olingan ob'ekt o`zining oldingi ko`rinishini saqlaydi. Masalan, ellipsga ekstruziya effektini qo`llasak, ob'ekt baribir ellips ko`rinishida qoladi. Rasmdan ko`rinib turibdiki Shape (shakl) instrumentini tanlaganimizdan so`ng ob'ektda to`rtta bog`lam pado bo`ladi. Rasmning o`ng tomonidagi ob'ekt esa tahrirlangan ellips bo`lib, bog`lamlar ni surish orqali umuman boshqacha shaklga kirgan.




    Egri chiziqlar to`plamiga Tahrirlangan ob'ekt aylantirilgan ellips




    Qo`shimcha effektlar


    Effektlarni qo`llash
    Corel DRAW amaliy dasturida ob'ektlar bilan ishlashda bir qancha effektlarni qo`llash mumkin. Bular quyidagi lardan iborat:



    1. Egish effekti.

    2. Deformatsiya effekti

    3. Perspektiva effekti

    4. Ekstruziya effekti

    5. Qadam- baqadam o`tish effekti

    6. Kontur (oreol) effekti

    7. Soya effekti

    8. Linza effekti

    9. SHaffoflik effekti

    Egish effekti bilan ishlash

    Egish effekti ob'ekt shaklini mustaqil ravishda egishga yordam beradi.Bunday effektni ob'ektlar guruhiga qo`llashdan oldin shu ob'ektlarni guruhlash lozim.


    Egish effekti Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti yordamida amalga oshiriladi. Bu instrument grafika panelidagi instrumentlar to`plamida joylashgan. Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti tugmasi panelda chapdan to`rtinchi bo`lib joylashgan. Agar ob'ektni belgilab olib shu tugmani bossak ob'ekt atrofida avtomatik raviщda 8 bog`lamdan iborat bo`lgan gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi. Xuddi boshqa bog`lamlar kabi ular ham markerlar bilan ta'minlangan. Markerni bosib turib, uni sichqonchabilan sursak ob'ektga kerakli shaklni bera olamiz.


    Ob'ektga kerakli shaklni berishdan oldin tahrirlash tartibi tugmalaridan birini tanlash lozim. Bu tartib ob'ekt shaklini tahrirlash vositalarini belgilab beradi. Tahrirlash tartibi tugmalari atributlar panelining o`rtasida joylashgan. Tartib nomlari bajaradigan vazifasiga qarab tanlangan bo`lib, ular chapdan o`ngga qarab quyidagi tartibda va nomda joylashgan:


    Straight Line (to`g`ri chiziq), Single Arc (yoy), Double Arc(to`lqin), Uncons trained mode (mustaqil).
    Ob'ektga egish effektini qo`llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:



    • Ob'ekt yoki ob'ektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Ob'ekt atrofida avtomatik ravishda egish effektini beruvchi gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi.

    • Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz.

    • Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to`g`riburchaklik bog`lamlar ini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz.


    Download 39,74 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ob'ektlarni egri chiziqlar to`plamiga aylantirish

    Download 39,74 Mb.