INTERNATIONAL AND NATIONAL MEASURES TO COMBAT CYBERCRIME




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi0,89 Mb.
#99854
1   2   3   4
Bog'liq
B.B.Tugalov

 
INTERNATIONAL AND NATIONAL MEASURES TO COMBAT CYBERCRIME 
 
Annotation: The article will be paid attention below talks about the concept of 
cybercrime, the cooperation of the countries of the world against this crime and the 
effective reforms implemented in our Republic. This article also reveals the threats,to all 
humanity, posed by crimes that are committing in cyberspace,what the world's experience 
is doing in this regard, and the importance of combating cybercrimes for the countries of 
the world. 
Key words: cybercrime, information, cyberspace, computer crime, Internet, cyber 
security, fight against cybercrime, information technology, extradition, Budapest 
Convention, digitization. 
 
Zamonaviy dunyoda axborot jamiyat taraqqiyotining eng muhim tarkibiy qismiga 
aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Jamiyatning axborot jamiyatiga aylanishi shuni 
anglatadiki, har qanday shaxsiy ma’lumat ahamiyatli bo’lib bormoqda. Axborot chegara 
tanlamaydigan, virtual to’siqlarni tan olmaydiagn shunday bir davrda kiberjinoyatchilik 
global tusdagi, chegara bilmas muammoga aylanib ulgurdi.
Kiber jinoyatchilikka nisbatan yangi tushuncha bo’lsa-da allaqachon ko’plab davlatlar 
iqtisodiyotiga kirib bordi. Kiberjinoyat bu – kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi 
ostida sodir etiluvchi jinoyat turidir. Kiberjinoyatga kompyuter tizimi yoki tarmog’ida 
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilishi mumkin 
bo’lgan har qanday jinoyat kiradi.



Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
714 
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan 
kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli 
dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi 
mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid 
axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat 
hayotiga 
katta 
xavf 
solayotganidan 
ko’z 
yuma 
olmaymiz.
2012-yilda AQSHda onlayn kredit va dabet kartalaridagi firibgarlik oqibatida taxminan 1,5 
milliard dollar yo’qotilgan. 2018-yilda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi(CSIS) 
tomonidan McAfee bialn hamkorlikda o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatadiki, har yili global 
YaIMning qariyb bir foizi, ya’ni 600 milliard dollarga yaqini kiberjinoyatlar tufayli 
yo’qolgan.
2
Statistik ma'lumotlarga ko'ra har yili 556 milliondan ortiq kiberhujumlar 
uyishtirilmoqda va buning natijasida 100 milliard AQSH dollardan ziyod zarar 
yetkazilmoqda. Har soniyada 12 nafar insondan biri kibermakonda sodir etilgan hujumlar 
qurboniga aylanadi.
3
AQSH, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya kabi rivojlangan 
davlatlarda jinoyatlarning 60-65% i kiber hujumlar orqali sodir etilmoqda. 2014-yilda chop 
etilgan hisobotda ( Mc Affe) jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan yillik zarar 445 million dollarni 
tashkil qilgan.Cubersecurity Ventures tomonidan 2016- yilgi hisobotda kiberjinoyatlar 
natijasida yetkazilgan global zararlar 2022-yilga kelib 7 trillion dollarga yetganligi va 2025-
yilgacha esa 10.5 trillion dollargacha ko'tarilishi aytib o'tilgan.

Kiberjinoyat global maydonda eng tez o'sib borayotgan jinoyat turi sanaladi. Kiber 
xurujlar tobora ortib, og'irlashib, xavfli tus olib, xususiy va davlat sektorini bir xilda 
nishonga olmoqda. Bizneslar va kompaniyalarga tegishli tijoriy sirlar va maxfiy axborotlar 
o'g'irlanmoqda. Universitet va laboratoriyalarga tegishli ixtirolar o'zlashtirib olinmoqda. 
Fuqarolar shaxsiy ma'lumotlarini boy berib furibgarlik qurboniga aylanish holatlari 
ko'payishi barcha davlatlarni tashvishga solmoqda. 
Milliy qonunlarni uyg'unlashtirish, tergov usullarini takomillashtirish va davlatlar 
o'rtasidagi hamkorlikni oshirish orqali Internet va kompyuter jinoyatlarini (kiberjinoyatlar) 
hal qilishga qaratilgan birinchi xalqaro shartnoma ,,Kiberjinoyatlar to'g'risida''gi Konvensiya 
2001-yilning 23-noyabrida Vengriyaning Budapesht shahrida imzolanadi. U Fransiyaning 
Strasburg shahrida Yevropa Kengashi tomonidan kuzatuvchi davlatlari faol ishtirokida 
ishlab chiqilgan.
5
U kuchga kirganidan buyon Braziliya va Hindiston kabi muhim davlatlar Konvensiyani 
ishlab chiqishda qatnashmaganliklari sababli qabul qilishdan bosh tortdilar. Bu 
kiberjinoyatchilikni tartibga soluvchi birinchi ko'p tomomlama huquqiy majburiy vositadir. 
2018-yildan boshlab, Hindiston kuchayganidan keyin Konvensiyadagi pozitsiyani qayta 
ko'rib chiqmoqda, ammo chet el agentliklari bilan ma'lumot almashish xavotirlari uni 
ratifikatsiya qilishdan saqlab qolmoqda.
6
2006-yil 1-martda ,,Kiberjinoyatchilik to'g'risida’’gi Konvensiyaga qo'shimcha 
protokol kuchga kirdi. Qo'shimcha protokolni ratifikatsiya qilgan davlatlar irqchi va 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
715 
ksenofobiya tomonidan tahdid va haqorat tarqatishni jinoiy javobgarlikka tortishlari 
shartligi belgilanadi.
Konvensiya asosan quyidagilarga qaratilgan: 
•Kiberjinoyatchilik sohasidagi huquqbuzarliklar va ular bilan bog'liq qoidalarni ichki 
jinoyat moddiy-huquqiy elementlarini uyg'unlashtirish; 
•Ichki jinoyat-protsessual qonunchiligini tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish 
uchun zarur bo'lgan vakolatlarni , shuningdek elektron tizimda bo'lgan kompyuter tizimi 
yoki dalillar yordamida sodir etilgan boshqa huquqbuzarliklarni ta'minlash; 
•Xalqaro hamkorlikning tezkor va samarali rejimini o'rnatish;
Bill Frist shunday dedi: „Ushbu konvensiya fuqarolik erkinligi va shaxsiy daxlsizlik 
muammolarini muvozanatlash bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari ushbu 
jinoyatlarni yanada samaraliroq tekshirish va ularga qarshi kurashish uchun muhim 
elektron dalillarni xorijiy davlatlar oʻrtasida almashishni ragʻbatlantiradi“

Download 0,89 Mb.
1   2   3   4




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERNATIONAL AND NATIONAL MEASURES TO COMBAT CYBERCRIME

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish