• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57




    Download 281.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi281.4 Kb.
    #172638
      1   2   3
    Bog'liq
    rekrutment-xizmatlarini-taqdim-qilishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
    ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000 
    Page 94 
    REKRUTMENT XIZMATLARINI TAQDIM QILISHNING O‘ZIGA XOS 
    XUSUSIYATLARI 
     
    Bultakova S.Q. 
    SamISI mustaqil izlanuvchisi 
     
    Annotatsiya: Maqolada rekruting tushunchasi, rekrutment faoliyatini taqdim 
    qilishning o’ziga xos xususiyatlari, uning tashkiliy jihatlari va bosqichlari haqida soʻz 
    boradi. Qolaversa, rekrutment xizmatlarini taqdim qilishning o’ziga xos xususiyatlari 
    bo’yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
    Kalit so‘zlar: rekruting, rekrutment, vakant, bandlik, ishchi kuchi, shartnoma.
    Аннотация: В статье говорится о понятии рекрутинга, особенностях 
    обеспечения рекрутинговой деятельности, ее организационных аспектах и 
    этапах. Кроме того, разработаны научно-практические предложения и 
    рекомендации по особенностям оказания услуг по подбору персонала. 
    Ключевые слова: рекрутинг, рекрутмент, вакансия, трудоустройство, 
    рабочая сила, контракт. 
    Abstract: The article talks about the concept of recruiting, specific features of 
    providing recruitment activities, its organizational aspects and stages. In addition, 
    scientific and practical proposals and recommendations have been developed on the 
    specific features of providing recruitment services. 
    Key words: recruiting, recruitment, vacancy, employment, workforce, contract. 
     
    Jahonda aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdagi muammolar, 
    mehnat bozori konyunkturasida milliy va mintaqaviy xususiyatlarning keskin 
    darajada farqlanishi sharoitida ish beruvchilar va ishga kiruvchilar munosabatlarini 
    samarali muvofiqlashtirishga ko‘ra rekruting xizmatlariga bo‘lgan talab kundan-
    kunga ortib bormoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 
    “2021-yilda butun dunyo bo’ylab ishsizlar soni 200 million kishini tashkil etgan”[1]. 
    Rekruting kompaniyalari esa, har yili butun jahonda 8-10 mln. nafar kishini ish bilan 
    ta’minlab, ish beruvchilarning talablariga muvofiq xodimlarni tanlash, saralash, ishga 
    joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini yaratmoqda. 
    Mamlakatimizda ham aholi bandligini ta’minlash, zamonaviy talablar asosida 
    kasblarga tayyorlash tizimi va kasblar tarkibini takomillashtirish, munosib ish 
    o‘rinlarini tashkil qilish kabi yo‘nalishlarda chuqur islohotlar amalga oshirilib 
    borilmoqda. “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini 
    shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi 
    ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, hududlarda 
    tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 
    mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish” [2] kabi vazifalar belgilab berilgan. 
    Rekruting - bu bo’sh ish o’rinlari uchun nomzodlarni topish, tanlash va yollash 
    bilan bog’liq jarayon bo‘lib, ishga yollashni ixtisoslashgan firmalar yoki bandlik 
    agentliklari va kompaniyalarning ichki kadrlar bo‘limlari orqali amalga oshirilishidir. 


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000 
    Page 95 
    Rekruting (fransuzcha “recruit”‒ tanlash ma’nosini anglatadi) korxona 
    rahbariyati tomonidan aniq belgilangan maqsadlarga erishishda bo‘sh turgan 
    lavozimlarga munosib nomzodlarni jalb qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan 
    harakatlar tizimi hisoblanadi. Xodimlarni yollash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda 
    rekruting xizmati quyidagilarni amalga oshiradi: 
     Ish o’rni haqida to‘liq ma’lumot to‘plash. 
     Mazkur o’rin uchun nomzodlarni qidirish va tanlash; 
     Korxonaga nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish va suhbatlar 
    uyushtirish; 
     Kafillik yordami. 
    Bugungi kunda rekruting ma’lum haq evaziga malakali kadrlarni qidirish va 
    tanlash va yollash jarayoniga nisbatan foydalanilmoqda. Uning bandlik 
    agentliklaridan farqli jihati shundan iboratki, xususiy bandlik agentliklari ish 
    qidirayotgan shaxsdan xizmat haqi sifatida ma’lum to‘lov undiradigan bo‘lsa, 
    rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyalar bilan shartnoma imzolaydi va shunga 
    asosan ulardan tegishli gonorar to‘lovlari oladi. Rekrutment faoliyati yuborilgan 
    ma’lumotnoma-anketa va rezyumelar orasidan talabga javob beradigan nomzodlarni 
    saralab olish va ish beruvchiga 3-5 kishilik qisqacha ro‘yxat shaklida taqdim qilish 
    hamda ular o‘rtasidagi ishbilarmonlik uchrashuvi yoki intervyuni tashkil qilishdan 
    iborat. Bugungi kunda rekruting xizmatining narxi talab qilinayotgan mutaxassis 
    yillik ish haqi miqdorining 15 - 25 ini tashkil etadi [3]. 
    Ishga qabul qilish yoki yollash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. 

    Download 281.4 Kb.
      1   2   3




    Download 281.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57

    Download 281.4 Kb.
    Pdf ko'rish