O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
18-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.04.2023
TERMODINAMIKADA ENTROPIYA TUSHUNCHASINING AHAMIYATI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7843529
Asrarov Sh.A
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarkand filali dotsenti
Annatatsiya:
Ushbu maqolada fizika kursi termodinamika bulimining nazariy
asoslarini texnikada kullanilishi va termodinamik jarayonlarni tahlil qilishda entropiya
tushunchasining ahamiyatiga oid masalalar ko’rib chikilgan.
Kalit so’zlar:
termodinamik jarayonlar, termodinamika qonunlari, entropiya,
issiqlik, energiya, tartibsizlik, Karno sikli.
Аннотация: В данной статье рассмотрены вопросы о значении понятия
энтропии для определения законов термодинамики и их применения в техники.
Ключевые слова:
термодинамические процессы, законы термодинамики,
энтропия, теплота, энергия, беспорядок, цикл Карно.
Annatation: This article discusses questions about the meaning of the concept of
entropy for determining the laws of thermodynamics and their application in technology.
Key Words: thermodynamic processes, laws of thermodynamics, entropy, heat,
energy, disorder, Carnot cycle.
Texnikaning fizik asoslarini o’rganish talabalarda jamiyat ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotida fizika fanining roli haqidagi tushunchalarning
shakllanishida katta
ahamiyatga ega [1]. Olamda kyechadigan qaytar va qaytmas jarayonlar, moddalarning
bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tishi va bunda ro’y beradigan o’zgarishlarning
fizikaviy mazmuni ochib berilishi texnika va texnologiyalarning rivojiga katta hissa
qo’shdi.Jumladan, biz kundalik hayotimizda ko’p ishlatadigan
issiqlik mashinalari va
sovutish
qurilmalarining
ishlash
printsipi
termodinamika
qonunlariga
asoslangan.Termodinamik jarayonlarni tahlil qilish va matematik ifodalashda
entropiya tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Entropiya – ilm- fandagi eng qiyin va chalkash tushunchalardan biri bo’lib
qolmoqda [2].Buni tushuntirishda olimlar 3 xil guruhga bo’linadilar:
1. Entropiya – bu xaos, yaʼni tartibsizlik o’lchovi bo’lib, olamdagi barcha narsalar
shunga intiladi.
2. Entropiya – bu energiya isrofining o’lchami yoki noaniqlik o’lchami bo’lib
hisoblanadi.
3. Entropiya ? Bu guruhdagilarda entropiya haqida aniq tushuncha mavjud emas.
Lekin biz kundalik hayotimizda har kuni entropiya bilan to’qnashamiz, masalan,
bir chashka issik choy qorning ustiga qo’yilganda choyning sovushi va qorning erishi,
suvning bug’lanishi yoki kondensatsiyasini kuzatishimiz
mumkin yoki telefonda
axborot almashishimiz mumkin.Entropiya tushunchasi fizika,
ximiya va matematika