O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.02.2024
Hajmi1,03 Mb.
#150714
1   2   3   4
Bog'liq
Asrarov Sh

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
natijasida gazning temperaturasi boshlang’ich qiymatigacha ortadi.Oqibatda gaz 
o’zining dastlabki holatini tiklaydi.Bunday jarayonga qaytar jarayon deyiladi.Karno 
ushbu yopiq tizimga keltirilgan issiqlik miqdori bilan tizimdan chiqarilgan issiqlik 
miqdorlarining yig’indisi nolga teng deb hisoblaydi: 
Q1 + Q2 = 0 (2). 
Klauziusga bu formulirovka yokmaydi va u keyinchalik termodinamikaning 
ikkinchi qonuni deb ataladigan quyidagi taʼrifni ilgari suradi: 
Temperaturasi past bo’lgan jismdan temperaturasi yuqori bo’lgan jismga issiqlik 
beruvchi yagona jarayondan iborat aylanma jarayon bo’lishi mumkin emas [3]. 
Bu ta’rifdan “Issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq jismga o’z-o’zidan o’tishi 
mumkin, lekin issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq jismga o’tishi kompensatsiyasiz 
holda yuz berishi mumkin emas” – degan xulosaga kelish mumkin. 
Klauzius Karnoning qaytar tsiklini tahlil qilib, bu tsiklda ikkita aylanish yuz 
beradi, deb hisobladi: 
-issiqlikning ishga aylanishi 
- yuqoriroq temperaturaga mos keluvchi issiqlikning pastroq temperaturaga mos 
keluvchi issiqlikka aylanishi. 
Bundan tashqari Klauzius past temperaturadagi issiqlik miqdorining yutilishi 
yuqoriroq temperaturadagi issiqlik miqdoriga ekvivalent bo’lishi haqidagi printsipni 
ilgari surdi va uni quyidagicha ifodaladi: 
(3).Bu ekvivalentlik xususiyatidan foydalanib, barcha holatlarga mos keluvchi 
ushbu qiymatlarning yigindisi nolga teng, degan xulosaga kelish mumkin: 
(4).Qaytar jarayonlarga mos keluvchi holatlarni ko’plab mayda holatchalarning 
yig’indisi sifatida va har bir holachaning aniq bir temperaturasiga mos keluvchi 
issiqlikni «keltirilgan issiqlik» deb qaralsa, matematik tilda 
(5) yoki 
(6)Klauizius holatlar issiqlik miqdorlarining summasi ( ∑Qi=0, Karno taʼrifi) ni 
o’rniga (5) ifodani, yaʼni issiqlik miqdorining temperaturaga nisbatlari summasini 
qo’lladi.(6) ifodada keltirilgan yopiq integral ostidagi nisbatni entropiyaning 
o’zgarishi deb atadi va quyidagicha ifodaladi: 
(7) Klauzius bu kontsepsiyani barchaga tushunarli bo’lishi uchun grekcha 
«entropiya» - «aylanish» so’zidan foydalandi.Entropiyaning fizik maʼnosi shuki biror 
tizim ustida ish bajarish jarayonida tizim holatining o’zgarishi bilan bir qatorda 
maʼlum bir issiqlikning aylanishi ham yuz beradi va bu esa ish bajarish jarayonida 
energiyaning isrofiga olib keladi.Bundan yopiq tizimlar uchun «Entropiya – energiya 
isrofining ulchamidir» degan xulosaga kelish mumkin.Demak, yopiq tizimda 
boradigan jarayonlarning yo’nalishini entropiyaning o’zgarishi belgilaydi. Entropiya 
holat funksiyasi bo’lib, uning o’zgarishi faqat tizimning boshlang’ich va oxirgi holatiga 
bogliq, jarayonning tabiatiga bogliq emas.Uning o’zgarishi qaytar va qaytmas 
jarayonlarda bir xil bo’ladi.Qaytmas jarayonlarni hisoblashda qaytar jarayon 
tenglamasidan foydalanish kerak. 



Download 1,03 Mb.
1   2   3   4




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish