texnologik, predmetli va aralash




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

 
texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari 
texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, 
to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv sexlari). 
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex ma’lum bir 
mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida 
motor sexi, shassi sexi va hokazo). 
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik 
tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va 
mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda 
tutadi. 
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: 
*
texnika va texnologiyaning xususiyatlari; 
*
ishlab chiqarish hajmi; 
*
ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, 
kombinatsiya, koordinatsiya); 
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning 
murakkabligi va nomenklaturasi; 
*
ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirish, 
mexanizatsiyalashtirish 
va 
robotlashtirish darajasi; 
*
mulk shakli; 
*
raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo. 
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy 
yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; 
alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida 
mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin. 
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini 
ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish 


45 
korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib 
xizmat qiladi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish