43
2.4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv
organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi.
Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib
chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi
shunchalik murakkab bo’ladi.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat
ko’rsatuvchi tashkilotlar,
ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni,
xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari
korxonaning umumiy
tuzilmasini
ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish
jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U
tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar
shaklidagi ishlab chiqarish
bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish
jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni,
asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni
va hududiy joylashuvini aks
ettiradi.
Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish
jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga
aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator
bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar sexi).
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni
asbob-uskunalar va energiya
bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model
sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko’rsatuvchi sex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning
infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi,
oshxona, sanatoriy va hokazo) tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi.
44
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: