148
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni
xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa
mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish
fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda
korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus
talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish
faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog’liq
xarajatlar; tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy
haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar);
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli
bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha
xarajatlar;
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta
qilish xarajatlari;
- yaroqsizlik tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli
yo’qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga
kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan
nafaqalar;
- umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan
yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xrajatlar.