Davr xarajatlari
deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq
bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish
xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
149
Korxonalarning
umumxo’jalik xarajatlari
quyidagilardan iborat:
- kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari (yangi tashkil
etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini
qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidgi omborgacha transportda tashish chog’idagi
shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib
chiqgan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga
o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan
yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar
ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga
undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi;
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona
mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazalidagan auditorlik xizmatlariga
haq to’lash;
- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan
ko’rilgan zararlar;
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida
bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar
va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq
xo’jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari;
- kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar (vaqtincha mehnat
layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi
miqdorigacha qo’shimcha haq va boshqalar);
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar
(qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha
har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga
chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga
to’lanadigan moddiy yordam);
150
- sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar
maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport
ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga
(shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizatsiya
ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati
organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko’proq
xarajatlar;
- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini
saqlash xarajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
- bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar;
- ekologiya, sog’lomlashtrish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat,
xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport
korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar;
- byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaldagi qonunchilikka
muvofiq to’lanadign va korxona xarajatlariga qo’shiladigan maxsus byudjetdan
tashqari jamg’armalarga ajratmalar;
- zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari
bo’yicha yo’qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi normalari doirasidagi
va normalardan ko’proq, bevostita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan
yo’qotishlar hamda kamomadlar; sud xarajatlari; to’lanishi shubhali qarzlar
bo’yicha zahiraga ajratmalar va boshqalar);
- boshqa operatsiya xarajatlari.
Korxonalarning
moliyaviy faoliyati bilan bog’liq xarajatlar
ga quyidagilar
kiradi:
- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari
doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar
bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha
to’lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash
xarajatlari;
151
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va
zararlar;
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga)
mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar;
- o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Favqulodda zararlar
- bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga
chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va ro’y berishi
kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir.
|