• AFF = YaF- DХ+BD-BZ
  • UF=AFF+MD-MХ
  • SТF= UF+FF-FZ
  • SF=SТF-DS-BS
  • Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/175
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #252719
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   175
    Bog'liq
    Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

    YaF = SSТ –Т, 
    bunda: YaF - yalpi foyda; SSТ - sotishdan olingan sof 
    tushum; Т - sotilgan mahsulotning ishlb chiqarish tannarxi; 
    - asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda - bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
    foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan 
    boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar ko’rinishida bo’ladi:
    AFF = YaF-
    DХ+BD-BZ, 
    bunda: AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; DХ - davr xarajatlari;
    BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad; BZ - asosiy faoliyatdan 
    ko’rilgan boshqa zararlar; 


    163 
    - umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda - bu asosiy faolyatdan olingan 
    foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus 
    xarajatlar ko’rinishida bo’ladi:
    UF=AFF+MD-MХ, 
    bunda: UF - umumxo’jalik 
    faoliyatdan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MХ - 
    moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
    - soliq to’langungacha olingan foyda - bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan 
    foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus 
    zarar ko’rinishida bo’ladi:
    SТF= UF+FF-FZ,
    bunda: SТF - soliq to’langungacha 
    olingan foyda; FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda 
    vaziyatlardan ko’rilgan zarar 
    - yilning sof foydasi - bu soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida 
    qoladigan foyda. U soliq to’langungacha olingan foydadan foyda (daromad) dan 
    to’lanadigan soliqni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va 
    to’lovlarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi: 
    SF=SТF-DS-BS,
    bunda: SF - sof foyda; DS - foyda (daromad)dan 
    to’lanadigan soliq; BS - boshqa soliqlar va to’lovlar 
    Demak, foyda korxona xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlarning 
    xarajatlardan ortiq bo’lganligidan, ya’ni ijobiy moliyaviy natijaga erishilganidan 
    darak beradi. Uning miqdori, asosan, ikkita ko’rsatkichga - mahsulot narxi va uni 
    ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq. 
    Erkin raqobat sharoitida mahsulotga narx uni ishlab chiqaruvchi yoki uni 
    xarid qiluvchining hohishiga qarab past yuqori qo’yilmaydi. Mahsulot narxi erkin 
    bozorning narxlashtirish qonuniyatlari ta’siri ostida, avtomatik ravishda belgilanadi. 
    Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydaning miqdori ichki 
    va tashqi omillardan bog’liq. Ichki omillarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy 
    etish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejerlarning bilimdonligi 
    (omilkorligi), mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarishni va mehnatni 
    tashkil etish darajasi kiradi. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillarga 
    bozor konyunkturasi, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik 
    resurslarning narxi, amortizatsiya normalari, soliq solish tizimi va boshqalar. 


    164 
    Korxona faoliyatiga ob’ektiv baho berishda, takror ishlab chiqarish 
    jarayonlarining ayrim bosqichlarida xarajatlar bilan natijalarni qiyoslashda ma’lum 
    bir iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga rentabellik 
    ko’rsatkichi ham kiradi. 
    Rentabellik
    - korxonalar tijorat hisobi faoliyatining iqtisodiy samaradorligi 
    ko’rsatkichlaridan biridir. Foydalalik ishlab chiqarish faoliyatining ma’lum muddati 
    (yil, chorak) davomida serdaromadlik (zarar keltirmaslik) xususiyatini anglatadi. U 
    xo’jalik faoliyatining pirovard natijalarini to’g’ri baholashga va korxonadagi 
    mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy manfaatdorligini yo’lga 
    qo’yishga imkon bradi. 
    Amaliyotda tadbirkor va investorni qiziqtiradigan rentabellikning quyidagi 
    ko’rsatkichlari hisoblanadi: 
    - xo’jalik faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentablligi; 
    - mahsulotni sotish rentabelligi; 
    - o’z kapitali (mablag’i) rentabelligi; 
    - xarajatlar rentabelligi; 
    - bir dona aksiya rentabelligi. 
    Korxona faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentabelligi (A
    rent
    ) - bu sof 
    foydaning qo’yilgan barcha mablag’lar, ya’ni aktivlarning 1 so’miga to’g’ri 
    keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) umumiy aktiv (A)ning o’rtacha yillik 
    summasiga nisbati ko’rinishid aniqlanadi: 

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish