|
ZAHARLANISHNI BARTARAF ETISH USULARI
|
bet | 98/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.orgZAHARLANISHNI BARTARAF ETISH USULARI
Odam organizmi turli zaharli moddalar kirishi natijasida ro‘y beradigan holat zaharlanish deyiladi. Dorilar bilan zaharlanish tasodifan yoki o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y beradi, ba’zan tibbiyot xodim-larining xatosi tufayli yuz berishi mumkin. Zaharli moddalar organizmga turli yo‘llar bilan asosan, og‘iz orqali nafas yo‘llari orqali, teridagi jarohatlar, shilingan, yorilgan joylar orqali kiradi. Qaysi yo‘l bilan kirishdan qat’i nazar zaharli moddalar qonga so‘rilib butun organizmga tarqaladi. Ularning ba’zilari butun organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatsa, boshqalari ayrim organ va tizimlarga tanlab ta’sir etadi.
Zaharlanishning umumiy belgilari: umumiy lohaslik, darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi, uyquning buzilishi, bosh og‘rig‘i, me’da-ichak yo‘llari faoliyati buzilishi, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, zaharlanish ro‘y berganda ko‘pincha yurak tomirlar faoliyatining keskin buzilishi kuzatiladi.
Bunday hollarda tez yordam ko‘rsatish zarur. Davolash usullari 3 prinsipga asoslanadi.
1. Zaharning qonga so‘rilishini to‘xtatish.
2. Zaharni zararsizlantirish.
3. Zaharni tanadan chiqarib yuborish va zaharlangan a’zo va to‘qimalar faoliyatini tiklash.
Kimyoviy modda teriga tushgan bo‘lsa paxta, doka yoki iliq suv va sovun bilan ichimlik sodasining kuchsiz eritmasi bilan yaxshilab yuviladi va bog‘lam qo‘yib shifoxonaga yuboriladi. Agar zaharli modda ichga qabul qilingan bo‘lsa parchalash maqsadida me’da 2-3 litr suv bilan chayiladi yoki 0,1% li kaliy permanganat eritmasi qo‘llaniladi. Bemorning hushyorlik holatida 1% li apomorfin yordamida qusish refleksini uyg‘otish mumkin. Bemorning behush holatida apomorfin qilinmaydi. Ichakdagi zahar moddasi surgi dorilar yordamida tozalanadi. Adsorbtsiyalovchi vosita sifatida faollangan ko‘mir berish mumkin. Zaharlanish nafas yo‘li orqali vujudga kelgan bo‘lsa, bemorni toza havoga olib chiqish, kislorod berish kerak, yoki sun’iy nafas oldiriladi.
Zaharlanishga sabab bo‘lgan modda noma’lum bo‘lsa vena qon tomiriga gemodez, reopoliglyukin kiritish bemor holatini yaxshilashga yordam beradi. Tanadagi zahar moddalarini kamaytirish uchun tanaga turli eritmalar, glyukoza kiritiladi, venaga lobelin, sititon eritmasi kiritiladi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun yurak glikozidlari eritmasidan foydalaniladi. M.N.S faoliyatini tiklash uchun kofeindan foydalaniladi. Qon bosimini tiklash uchun adrenalin, noradrenalin eritmalari ishlatiladi. Zaharlanishni bartaraf qilish uchun o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bemorni saqlab qolish mumkin.
Dorilarni shifokor tavsiyasiga binoan iste’mol qilish kerak. Bu borada o‘zboshimchalik yomon oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
|
| |