|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
| bet | 154/256 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,22 Mb. | | #232687 |
Bog'liq SOHA IQTISODSubsidiyalar:
-
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash;
-
eksport-importnii muvozanatlashtirib turish;
-
innovatsiya;
-
ayrim xududlarga yordam berish;
-
konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan halqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi.
Subsidiya:
-
jahon bozorida milliy manfaatni ximoya qilish;
-
dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib turgan firmalarga madad berish;
-
zarur ish bilan shug‘illanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo‘llab-quvvatlash;
-
davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi.
Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda saqlab turish maqsadida malga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
-
korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;
-
qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish;
-
qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;
-
korxonaga soliqdan engillik berish;
-
soliqni kreditga aylantirish;
-
korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;
-
subsidiya ajratish;
-
korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.
-
korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak;
-
korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.
|
| |