|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
|
bet | 156/277 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #121222 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlatKalitli so‘zlar
Samara, samaradorlik, foyda, daromad, rentabellik, soliq, ijtimoiy samardorlik, iqtisodiy samaradorlik, mahsulot sifati, baholash, manbalar.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Samarali ishlash deb nimaga aytiladi?
2. Samaradorlikning qanday turlari mavjud?
3. Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikning kay biri birlamchi?
4.Samarali ishlash korxonaga nima beradi?
5. Samaradorlikni oshirish qanday omillarga bog‘liq?
6. Samaradorlikni baxolash ko‘rsatkichlari?
7. Fond kaytimi va fond sig‘imi nima?
8. Foyda. Foydani shakllantirish manbalari.
9. Foydani taksimlash va uni ko‘paytirish yo‘llari.
10.Rentabellikning iqtisodiy mohiyati va uni xisoblash usuli.
11.Samaradorlikni oshiruvchi omillarni sanab chiking.
11-mavzu. Korxonaning investitsion va innovatsion faoliyati (2 soat)
11.1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
11.2 Korxona investitsiyalarining manbalari
11.3 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari
11.4. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar
11.5. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya
11.6. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
11.7. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida xam ta’rif berish o‘rinli.
Investitsiyalar - bu yangi korxonalar kurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga ko‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maksadida xo‘jalik faoliyatiga ko‘yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar kurishga, uzok muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘lik bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yukori darajada daromad olish, samaraga erishish maksadida mutlok boshka davlat iktisodiyotining, tadbirkorlik va boshka faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
Moliyaviy investitsiyalar kimmatbaxo kog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablaglarini banklarga foiz olish maksadida depozit xisob rakamlariga kuyish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital kurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmok va butun milliy iktisodiyotining kuch-kuvvatini belgilab beradi.
Investitsiyalar avvaldan uylab kurilgan maksad va birinchi urinda investitsion loyixa asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustaxkamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Iktisodiy kategoriya sifatida investitsiya kuyidagicha tasniflanadi:
" avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
" investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
" investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;
" kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya makomini berish (fukaro o‘zining extiyojlarini kondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
" konun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib xisoblanadi.
|
| |