Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti




Download 7,72 Mb.
bet264/277
Sana17.12.2023
Hajmi7,72 Mb.
#121222
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   277
Bog'liq
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

ANNOTATSIYA
(qisqacha mazmuni)

Mazkur o‘quv-uslubiy majmua O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talablari asosida 310 000 Muhandislik ishi va 320 000 - Ishlab chiqarishlar texnologiyasi ta’lim sohalari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bakalavrlar tayyorlashni amalga oshiradigan ta’lim muassasalari uchun tuzilgan. Majmuani tuzishda texnika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan yirik oliy o‘quv yurtlarining "Iqtisodiyot va menejment" kafedralari tajribasi, hamda rivojlangan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fanidan qo‘llanib kelingan dasturlar o‘rganib chiqilgan va bakalavrlarga qo‘yilgan talablar asos qilib olingan.


Fan o‘qitilishidan maqsad - talabalarni konchilik sanoatida zamonaviy boshqaruv bo‘yicha hamda yo‘nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir.
Fanni o‘rganishning quyidagi asosiy vazifalari mavjud:
• inson resurslarini boshqarish asoslarini o‘rganish;
• korxonalarda personalni boshqarish strategiyasi, taktikasining mohiyatini, mazmunini va hususiyatlarini o‘rganish;
• yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, personalni boshqarishning mezonlari, o‘lchovlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
• xodimlarni professional tanlash, o‘qitish, malakasini oshirish va lavozimlarga biriktirish masalalarini o‘rganish;
• xodimlarni ishga qabul qilish, undan bo‘shatish hamda personalni boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslari bo‘yicha nazariy bilimga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
• personalni boshqarish bo‘yicha ish yuritish asoslarini, zaruriy hujjatlarni to‘g‘ri va tez rasmiylashtirish;
• personalni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo‘llarini belgilash;
• boshqaruv personali mehnatini samarali tashkil etish.
Fanni o‘rganish yuzasidan talabalar quyidagilarni:
a) bilishi kerak:
• “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanining uslubiyotini;
• iqtisodiy va sanoat sohalarida foydalaniladigan normativlarni va ulardan qiyosiy xulosalar qilishni;
• korxonalar loyihalarini muqobil variantlarini taqqoslash va xulosalar qilishni;
• loyihalarni samaradorligini ko‘rsatib, isbotlab berishni hamda investor oldida himoya qilishni;
b) bajarishi lozim:
• “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan mustaqil ishlarni tayyorlash, berilgan masalalarni va topshiriqlarni bajarish;
• korxona iqtisodiyotini korxona va investor nuqtai nazaridan baholash;
• korxonalarni boshqarish bosqichlarida iqtisodchi sifatida o‘z hisob-kitoblari bilan tavsiya berish.
v) tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim:
• qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa normativ xujjatlarning takomillashuvi natijasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ochilayotgan yangi iqtisodiy hamda qonuniy muhit to‘g‘risida;
• korxona ideyasini kelib chiqishi asoslari, loyiha oldi, loyihalash,
• korxonani ekspluatatsiya qilish bosqichlarini oldindan ko‘ra bilish;
• korxonaning tijoriy foydasidan tashqari ekologik, ijtimoiy, institutsional o‘zgarishlardan olinadigan naf va uni hisoblash hamda baholash to‘g‘risida.
Ushbu o‘quv uslubiy majmua “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan 2018 yilda tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq holda asosida tuzilgan bo‘lib, ushbu fan o‘qituvchilari va uni o‘zlashtiruvchi talabalar foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
Majmua NDKI "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan (“__” _____ y., __-sonli bayonnoma), Kimyo-metallurgiya fakulteti Kengashi yig‘ilishida tasdiqlangan
(“__” _____ y., __-sonli bayonnoma).


Download 7,72 Mb.
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   277




Download 7,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti

Download 7,72 Mb.