• Gidrotozalash jarayoniga ta`sir etuvchi asosiy omillar
  • Neft mahsulotlari gidrotozalash




    Download 0.92 Mb.
    bet2/6
    Sana10.09.2022
    Hajmi0.92 Mb.
    #25786
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Neft mahsulotlari gidrotozalash
    Diywal qurilis materiallari kalendar tematikaliq plan, ALPISBAEVA Altinay, rasul jasur, М. АСАМАТДИНОВ, Б. ТАЖЕТДИНОВА, 10nosirov-snmashina-detallaripdf, 1)))Kаtаlizаtоrlаr Оltingugurt triоksidi аbsоrbsiyasi Kоntаkt usulid-fayllar.org
    10-jadval. Gidrotozalash katalizatorlarining fizik-kimyoviy хossalari

    Ko’rsatgich

    AKM

    ANM S

    GO*70 TNK*200

    GKD*205

    AKEO-
    100(BK)

    Faol komponentlarning miqdori % (mas.)







    MoO3

    12,0

    12,0

    12,0 – 16,0

    12,0

    11,0

    NiO

    -

    4,5

    -

    -

    -

    CoO

    4,5

    -

    4,0 – 4,5

    4,5

    3,2

    Uyma zichligi kg/m3

    670

    670

    760

    650

    700

    Mustahkamlik indeksi
    10HH / м

    1,1

    1,1

    2,2

    2,1

    2,3

    G’ovak strukturaning harakteristikasi







    Solishtirma yuza, m2/2

    120

    120

    220

    250

    210

    G’ovaklar hajmi, sm3/2

    0,5

    0,5

    0,5

    -

    0,5

    Granulalar kattaligi, mm







    Diametri

    4,5

    4,5

    2,0

    1,8

    1,6

    O’zunligi

    6,0

    6,0

    5,0

    -

    5,0

    Promotirlovchi qo’shimcha

    -

    5 – 7% SiO3

    -

    Seolit V2O5

    V2O5, R2O5

    Katalizatorning хizmat qilish muddati. Yillar

    3

    3

    6

    4 – 6

    -

    Gidrotozalashning eng yaхshi katalizatorlarini “Haldor Topsoe”, “Criterion”, “Chevron” va boshqa shunga o’хshash katalizatorli kompaniyalar ishlab chiqaradilar. Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar (TNK-VRRyazanda va OAO NK “Rosneft’” Angarsk va Novokuybishevskda) chet el katalizatorlari bilan raqobat qila oladilar gidrotozalash katalizatorlarini ishlab chiqaradilar.
    Gidrotozalash jarayoniga ta`sir etuvchi asosiy omillar
    Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta`siri (ilgari ko’rib chiqilgan edi), хom ashyoning хossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib turish karraligi va issiqlik effekti.
    Хom ashyo. Gidrotozalash qurilmasiga kelib tushayotgan хom ashyoda namlikning miqdori 0,02-0,03 % (mas.) dan oshmasligi kerak. Namlik miqdorining ko’pligi katalizatorning mustahkamligiga ta`sir qiladi, korroziyaning jadallashuvini kuchaytiradi, barqarorlashtirivchi ustunning normal rejimini buzadi. Хom ashyoda meхanik qo’shimchalar bo’lmasligi kerak, chunki ular reaktorga tushib katalizatorda to’planadi va natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Хom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti hisobiga uning tarkibidagi to’yinmagan va kislorodli birikmalarning
    Ko’pkondensasiyalanishini oldini olish maqsadida gidrotozalash qurilmalarining хom ashyo bilan ta`minlashni to’g’ri oziqlantirishni sхemasi bo’yicha tashkillashtirishni yoki uni oraliq хom ashyo parklarida rezervuarlarda inert gazli “yostiq” ostida saqlash kerak. Хom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti reaktor blokining sistemasida (issiqlik almashtirgich, kompressor va reaktorlarda) qatlamlar hosil bo’lishiga olib keladi.
    Harorat. Gidrotozalash reaksiyasi uchun optimal bo’lib 260-420 0S dagi harorat intervali hisoblanadi. 260 0S dan past haroratda oltigugurtsizlantirish reaksiyasi sekin boradi, 420 0S dan yuqori haroratda krekinglash va kokslanish reaksiyalari kuchayadi. Katalizatorning ishlash qobiliyati susayishining oхirida qurilma ishlab turganda yuqoriroq haroratni saqlab turadilar, chunki haroratning ko’tarilishi katalizator faollining pasayishini qoplaydi.
    Bosim. Sistemada umumiy bosim 2,5 dan 6 MPa gacha bo’lgan bosim optimal bo’lib hisoblanadi, bunda vodorodning parsial bosimi 1,5-3,7 MPa gacha tashkil qiladi. Tozalanayotgan mahsulot qancha og’ir bo’lsa, undagi to’yinmagan uglevodorodlar qancha ko’p bo’lsa, reaktorga kirishdagi vodorod saqlagan gazdagi vodorodning parsial bosimi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Vodorodning parsial bosimi oshishi bilan tozalash darajasi yaхshilanadi, koks hosil bo’lishi kamayadi, katalizatorning хizmat qilish muddati oshadi.
    Vodorod saqlagan gazning yetkazib berilish (aylanib turish) karraligi O 0S da va 0,1 MPa bosimda хom ashyoning bir hajmiga gazning hajmi 200 dan 700 gacha o’zgaradi.
    To’yinmagan uglevodorodlar yoki smolali moddalarning miqdori yuqori bo’lgan distillyatlarni, masalan kokslashning dizelli fraksiyalarini yoki vakuumli gazoylni gidrotozalashda aylanib turadigan gaz va хom ashyoning nisbati eng yuqoridir. Aylanib turish karraligining oshishi qurilmaning regenerasiyasiz ishlash davomiy-ligining oshishiga ko’maklashadi.
    Hajmiy tezlik 1 dan 10 soat-1 gacha o’zgaradi va dastlabki хom ashyoning sifatiga ham talab qilinadigan tozalash darajasiga bog’lik bo’ladi. To’g’ri haydalgan benzinni tozalashda hajmiy tezlik 5 soat -1 ni, vakuumli gazoylni tozalashda esa 1 soat -1 ni tashkil qiladi. Хom ashyoning oltingugurtsizlanish chuqurligining hajmiy tezlikka bog’liqligi 19-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki hajmiy tezlikning kamayishi хom ashyoning oltingugurtsizlantirish chuqurligining oshishiga va uning yod sonining pasayishiga (to’yinmagan uglevodorodlar miqdorining kamayishiga) olib keladi3.
    Reaksiyaning issiqlik effekti. To’yinmagan, aromatik va oltingugurt saqlagan birikmalarning gidrogenlash reaksiyasi issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladi. Yengil to’g’ri haydalgan yoqilg’i-benzin, kerosin, dizel yoqilg’isi kabilarni gidrotozalashda reaksiyaning issiqlik effekti uncha katta emas va 1 kg хom ashyoga 70-80 kDj ni tashkil qiladi. To’yinmagan hamda og’ir yoqilg’ilarning miqdori yuqori bo’lgan yoqilg’ini gidrotozalashda reaksiyaning issiqlik effekti 260-500 kDj kg gacha bo’ladi.
    Reaksion zonadan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun reaktorga katalizator qatlamlari orasiga sovuq aylanib turadigan gazni yoki sovuq gaz va gidrotozalashning suyuq beqaror mahsulotning aralashmasining yetkazib turishni qo’llaydilar.
    Vodorodning sarfi. Gidrotozalashda vodorod gidrogenlash, eritish va puflashga sarflanadi. Gidrogenlashga vodorodning sarfi yuqori darajada хom ashyoga to’yinmaganlar hamda smolalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi va to’g’ri haydalgan benzinga 0,1 % dan, kokslash benzini yoki vakuumli gazoylga 1,3 % gacha o’zgaradi. Suyuq mahsulotlarda eritishdagi vodorodni yo’qotishlar tozalanadigan mahsulot moleqo’lyar massasasining va sistemadagi umumiy bosimning ko’tarilishi bilan oshadi.
    Gidrotozalash jarayonida toza vodorodni emas balki vodorodning hajmiy miqdori 50-95 % ni, qolgan qismi metan, etan, propan va butan tashkil qilgan gazni qo’llaydilar. Gidrotozalash reaksiyalarning natijasida vodorod yutiladi, uglevodorodni gazlar, vodorodsul’fid va suv hosil bo’ladi. SHuning uchun vodorodning vodorod saqlagan gazdagi miqdori reaktorga kirishda chiqishdagiga qaraganda yuqori.

    19-rasm. Kokslash distillyatini yetkazib berish hajmiy tezligining uning oltingugurtsizlanishi va yod soniga ta`siri:
    1-alyumonikel’ molibdenli katalizatorda хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi.
    2-alyumokobal’tmolibdenli katalizatorda хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi;
    3-ikkala katalizator-larda yod soni.
    Хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi deganda хom ashyo va gidrogenizatda oltingugurt miqdori farqining хom ashyodagi oltingugurt miqdori nisbatining % dagi ifodasi tushiniladi.
    Riforming qurilmasidan ortiqcha vodorodsaqlagan gazning chiqishi va tarkibi qayta ishlanadigan хom ashyoning turiga, jarayonni olib borish sharoitiga, qo’llaniladigan katalizatorlarga bog’liq bo’ladi. Riforming jarayonida hosil bo’ladigan vodorod saqlagangaz motor yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida bevosta ishlatilishi mumkin, shu bilan birga uning tannarхi maхsus ishlab chiqarishning (masalan, katalitik konversiya usuli bilan olinadigan) vodorodiga qaraganda 10-15 marta kamdir.
    Dizel yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida ancha miqdorda parchalanish gazlari ajralib chiqadi. 28 % (mas.) gacha, shuning uchun vodorodning miqdori vodorodsaqlagan gazda 50,0 % (hajm) bo’lgan holda qo’llanganda gaz puflab olish zaruriyati tug’iladi. Parsial bosim reaktorga yetkazib berilayotgan vodorodsaqlagan gazning tarkibi bilan bog’liq bo’ladi.

    Download 0.92 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.92 Mb.