• Neftni qayta ishlash zavodlari
  • Neft mahsulotlarini krekinglash




    Download 443,5 Kb.
    bet4/4
    Sana27.01.2024
    Hajmi443,5 Kb.
    #146730
    1   2   3   4
    Bog'liq
    neft mahsulotlarini krekinglash

    Cm+nH2(m+n)+2→CmH2m+CnH2n+2

    1. Olti a`zoli neftenlarning aromatik birikmalarga degidrogenlanishi:

    C6H12→C6H6+3H2

    1. Parafinlarning izomerlanishi.

    2. Besh a`zoli naftenlarning degidroizomerlanishi:

    C7H14→C6H5–CH3+3H2

    1. Parafinlarning degidrogenlanib olefinlar, diolefinlar va atsetilenlar hosil qilishi.

    CnH2n+2→CnH2n+H2

    1. Gidrokrekinglanish:

    C10H22+H2→C5H12+C5H12
    Bulardan tashqari ma`qul bo`lmagan ikkilamchi reaksiyalar ham boradi. Ular uglevodorodlarning molekulyar massasini ortishi bilan boradigan reaksiyalardir. Masalan, to`yinmagan va aromatik uglevodorodlar zichlashuvi, kondensatsiya reaksiyalari hamda olefin va diolefinlarning polimerlanish reaksiyalari.
    Katalitik riforming yordamida past oktanli benzindan to 90% gacha yuqori oktanli tarkibida 50% gacha aromatik uglevodorodlar saqlovchi benzin olinadi.

    Neftni qayta ishlash zavodlari
    Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari kreking va reforming nomi bilan ataladi. Krekingning 2 xil-termik va katalitik turi mavjud. Destruktiv qayta ishlashga berilayotgan dastlabki xomashyoga va jarayonni olib borish haroratiga qarab, gazning miqdori va tarkibi keng doirada o‘zgarib turishi mumkin. Termik kreking «xom» neft fraksiyasi faqat termik yo‘l bilan destruktsiya qilinadi, bunda xom ashyo sifatida ko‘pincha gazoyil deb, ataladigan 200–400ºC fraksiya ishlatiladi. Bunga ikki yo‘l bilan: bug‘ fazada (t=580-650ºC, P=5-10 atmosfera) kreking yo‘li bilan va aralash fazada (t=350-500ºC, P=25-70 atmosfera) kreking bilan erishish mumkin.
    Birinchi holda olefinlarga boy bo‘lgan xom ashyoga nisbatan 30% gacha gaz hosil bo‘ladi, ikkinchi holda gazning salmog‘i xom ashyoga nisbatan kamroq 10–12%, u 15% kamroq olefinlardan iborat bo‘ladi. Termik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan va benzinlarni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yuqori qaynovchi benzin fraksiyalarini termik riformingidir. Uni 550 -600ºC haroratda va 40 atmosfera bosimda olib boriladi. Gazlar termik riformingda (boshlang‘ich xom ashyoga nisbatan) ancha ko‘p miqdorda, o‘rtacha 16–17% og‘irlikda hosil bo‘ladi. Termik kreking o‘z o‘rnini yuqoriroq oktan sonli benzin olib beruvchi katalitik krekingga bo‘shatib bermoqda. Jarayon t=450ºC haroratda va 1–15 atmosfera bosimda alyumosilikat katalizatorlari (Al2O3∙SiO2) ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking gazlarida ayrim hollarda termik krekingdagiga nisbatan ancha ko‘p olefin uglevodorodlar mavjud bo‘ladi.
    Download 443,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 443,5 Kb.