1
22222222222
G`.R. BOZOROV A.F. XO`JAQULOV
NEFT VA GAZKONDENSATNI QAYTA
ISHLASH TEXNOLOGIYASI
TOSHKENT 2017
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
G`.R. Bozorov, A.F. Xo’jaqulov
NEFT VA GAZKONDENSATNI QAYTA
ISHLASH TEXNOLOGIYASI
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vasirligi tomonidan neft-gaz
kimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida
tavsiya etilgan
Toshkent 2017
3
Kimyo fanlari doktori, professor H.B.Do’stov tahriri ostida.
Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi: o’quv qo’llanma / G`.R.
Bozorov, A.F. Xo’jaqulov; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi
Taqrizchilar:
O’z FA Umumiy va noorganik kimyo instituti
professori, kimyo fanlari doktori: G.R. Narmetova
Buxoro NQIZ bosh muhandisi N.Sh.Muxtorov
Mazkur o’quv qo’llanma namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan. O’quv
qo’llanma neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyalarini o’rganishga
bag`ishlangan bo’lib, zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulot olishga mo’ljallangan
nefni qayta ishlash qurilmalari hamda ulardan olinadigan avtomobil benzini, dizel va
reaktiv dvigatellar yoqilg`isi, koks, bitum va boshqa mahsulotlar haqida ma’lumotlar
berilgan. Bu mahsulotlarni olish yo’llari, tavsifi, olinish sxemasi va ularning sifatini
oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan jarayonlar tahlili bayon qilingan. Jumladan, neftni
birlamchi haydash va neft mahsulotlari sifatini oshiruvchi katalitik riforming,
gidrotozalash, gidrokreking, kokslash va boshqa jarayonlar to’g’risidagi mavzular
yoritilgan bo’lib, oliy ta’lim tizimida “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi”, “Neft va
gazni qayta ishlash texnologiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalar shuningdek neft va gazni qayta ishlash zavodlarida ishlaydigan texnik -
muhandis xodimlari foydalanishlari mumkin.
|