|
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: NazariyaBog'liq ZDIT2852 (1)«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
“ Gazaliftlik” usul yani skvajinlar orqali havoni haydash bilan turbalarda tortib
olinadi
“Nasoslik” usuli orqali.
Neftni qayta ishlash fraksiyali haydash termik krekin katalik kreking reforming
gidro kreking va boshqa jarayonlar orqali qayta ishlanadi
Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi,
mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida
ishlatiladi.
Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi
750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –
885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft
hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —
60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik
sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash
harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv
bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi. Neft tarkibida parafin, naften va aromatik
uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt
0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir,
alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil
aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod
sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft
tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha),
oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga
boʻlinadi. Baʼzi olimlar Neft ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil
boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va
organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M.
Bertlo (1866) Neft yer qaʼrida karbonat kislotaning ishqoriy metallarga taʼsiri
natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari
orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil
boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.
XX asr boshlarida esa Neft hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va
choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft uzviy aloqada deb
topildi. Bu gipotezaga koʻra, Neft koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan
birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va
hashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik
qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning
bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan
oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori
|
| |