Nigmatov X




Download 8.97 Mb.
bet14/49
Sana16.01.2023
Hajmi8.97 Mb.
#38353
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi
5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, Ызбекистон республикаси олий ва ырта, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома
ko‘proq bo‘lsa, o‘shanga teng bo‘lsin. Avval haqiqat jadvalini tuzib olamiz (1.22- rasm).


1.22-rasm. M=f(A,B,C) funksiyasining xaqiqat jadvali va mantiqiy sxemasi.


Funksiyaning 1-ga teng bo‘lgan qiymatlari asosida quyidagicha yozuvni hosil qilamiz:
(1)
ya’ni o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari 011, 101, 110 va 111 bo‘lsa, funksiya 1 qiymatni (true), qolgan xolatlarda esa 0 qiymatni (false) qabul qilar ekan. Ushbu funksiyani amalga oshirish uchun uchta kirishga ega bo‘lgan uchta I elementi, to‘rtta kirishga ega bo‘lgan bitta ILI elementi va uchta o‘zgaruvchilarni inkorlarini hosil qilib olish uchun uchta NE elementi kerak bo‘ladi.
I, ILI, NE elementlardan foydalangan xolda o‘zgaruvchilari ko‘p bo‘lmagan ixtiyoriy bul funksiyasining mantiqiy sxemasini hosil qilish ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin:.

  1. Berilgan funksiyaning haqiqat jadvali tuzib olinadi.

  2. Har bir o‘zgaruvchining inkorini hosil qilib olish uchun sxemaga invertorlar kiritiladi.

  3. Haqiqat jadvalining 1-ga teng har bir qatori uchun sxemaga I elementlari kiritiladi.

  4. I elementlarining kirishlariga jadvalning 1-ga teng qatorlariga mos keladigan o‘zgaruvchilar ulanadi.

  5. Barcha I elementlarining chiqishlarini, ILI elementining kirishlariga ulanadi.

Ushbu ketma-ketlik bul funksiyasi (1) ifoda ko‘rinishida, ya’ni ko‘paytmalarning-yig‘indisi shaklida keltirilgan hol uchun o‘rinlidir. Bu misolda, bul funksiyasini I, ILI, NE elementlardan foydalangan holda qanday amalga oshirish ko‘rib chiqilidi. Amaliyotda esa, odatda bir xil ventillardan foydalangan holda, ya’ni bir xil bazislar asosida sxemalarni qurish amalga oshiriladi [2]. Negaki integral sxemalarni ishlab chiqishda shunday yo‘l tutilgan. Buning ko‘p foydali tomonlari bor. Kompyuterlarda mantiqiy sxemalarni amalga oshiruvchi integral sxemalar – NE-I va NE-ILI bazislari asosida ishlab chiqilgan.
Shuning uchun istalgan ko‘rinishdagi bul funksiyasini amalga oshirish uchun, Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalari hisoblangan I, ILI, NE funksiyalarini (elementlarini), NE-I va NE-ILI bazislari asosida amalga oshirib olish kerak bo‘ladi. Bu quyidagicha bajariladi (1.23-rasm):

1.23-rasm. Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalarini NE-I va NE-ILI
bazislari yordamida amalga oshirish.



    1. Download 8.97 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Download 8.97 Mb.