|
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
|
bet | 4/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 246,5 Kb. | | #117790 |
Bog'liq Nitrat kislota ishlab chiqarish
Ammiakli selitra ishlab chiqarish. Azotli o‘g‘itlardan ammoniy nitrat tuzi ko‘p miqdorda mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Ammoniyli o‘g‘it tarkibida 35% azot bo‘ladi, ya’ni azotli boshqa o‘g‘itlardagiga qaraganda ko‘p azot bo‘lgan konsentrlangan o‘g‘itdir. Ana shunday o‘g‘it tayyorlash uchun ammiak bilan nitrat kislota kerak bo‘ladi.
Ammoniy nitrat qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatilishidan tashqari, qora porox ishlab chiqarishda, ammonit, ammonat va boshqa portlovchi moddalar olishda qo‘llaniladi.
Ammoniy nitrat atmosfera bosim ostida 50℃ dan suyuqlanish harorati 169℃ oralig‘ida bir-biridan solishtirma hajmi va boshqa xossalari bilan farq qiluvchi 5 ta kristallik shakliga ega. Ammoniy nitrat bir kristall holatidan ikkinchi kristall holatiga o‘tishda issiqlik ajrilishi yoki yutilishi mumkin.
Kub kristali holati 169,6-125,8℃, tetragonal kristali holati 25,8-84,2℃, rombik holati 84,2-32,2℃, rombik holati 32,2(±16,9) ℃, tetragonal holati 16,9℃ dan past, ammoniy nitrat suvda juda yaxshi eriydi. Masalan,100℃ haroratda 1 kg suvda 10 kg
selitra eriydi. 110℃ haroratdan yuqori isitilganda ammoniy nitrat ammiak va nitrat kislataga parchalanadi:
NH4NO3 NH3 + HNO3– 174,4 kj (4.8.1)
200–270℃ gacha isitilganda parchalanish quyidagicha boradi: NH4NO3 N2O + H2O +36,8 kj (4.8.2)
Ammoniy selitrasi oldin ammiak sintez qilgunga qadar nitratli tuzlardan olinar edi. Ammiak sintez qilingandan so‘ng, ammiak va nitrat kislotadan olina boshlandi.
NH3 + HNO3⮀ NH4NO3 +145 kj (4.8.3)
Ammoniy nitratni olish nitrat kislotasini ammiak bilan neytarallanish reaksiyasiga asoslangan. Nitrat kislotasining neyrallanish jarayonida ammoniy nitrat hosil bo‘ladi. Keyinchalik bu eritmani bug‘latib, kristall holatidagi ma’sulot olinadi. Bug‘latish jarayonida neytrallanishda ajralib chiqqan issiqlik ishlatiladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori daslabki nitrat kislotaning konsentrasiyasiga bog‘liq. Kislota konsentrasiyasi kam bo‘lsa shuncha kam issiqlik ajralib chiqadi.
Ammoniy nitrat yuqori darajada gigraskoplikka ega. Bu esa donalarni bir-biriga yopishib qolishiga olib keladi. Gigraskopik to‘yingan tuz eritmasidagi suv bug‘i porsial bosimining shu haroratdagi havo namligi porsial bosimiga nisbatan aniqlanadi.
ℎ = 𝑃𝑎 ∙ 100%
𝑃
Gigraskopik nuqta xavo nisbiy namligiga to‘g‘ri kelsa, modda o‘ziga namlikni olmaydi ham, hamda qurimaydi. Ularning gigraskopikligini kamaytirish uchun qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan,1,2% li magnit nitrat qo‘shimchasi 8-12% gigraskopikligini kamaytiradi.
Gaz holidagi ammiak isitgichdan o‘tadi, u yerda 120-160℃ gacha isitiladi va nitrat kislota isitgichdan harorati 80-90℃ gacha isitilib, ikkita parallel ishlovchi neytrallanish issiqligidan foydalanish (NIF) qurilmasiga beriladi. NIFda hosil bo‘lgan NH4NO3 ikkita doneytralizatorda neytrallanadi. Bu yerda 30-40% Mg(NO3)2 qo‘shimchasi qo‘shiladi. So‘ng ammoniy nitrat eritmasi kombinirlangan bug‘latish qurilmasiga beriladi. Bu erdan eritma gidrozatvor - doneytralizator va filtr orqali yig‘ich bakga beriladi. Bug‘latish qurilmasini yuqori qismida bug‘- gaz
aralashmasini yuvgich joylashgan, u yerda havo bilan chiqib ketayotgan aralashmadan tozalanadi. Yig‘gich bakdan nasos orqali bosim bakka xaydab beradi. U donadorlash minorasining yuqori qismida joylashgan kuchli bosim bakdan eritma uchta akkustik granulyator yordamida minoradan pastga sochib beradi. U yerda uchta yordamchi zahira granulyatorlar bor.
Minorani pastki qismidan mavhum qaynash qatlamidan havo oqimi beriladi. Bunda yuqoridan tushayotgan selitra donador holatda qota boshlaydi. U 50 m balandlikdan tushadi. Selitra eritmasi 0,2% namligi va 167℃ bilan kristall holatga o‘ta boshlaydi, berilayotgan havoni hajmi yozda 500 ming, qishda esa 300 – 400 ming m3/soatni tashkil etadi.
Minorani pastki qismidan donador selitra lentali transportyorga tushadi va 3 ta seksiyali mav’um qaynash qatlamli qurilmaga beriladi, donalarning harorati yozda 40-50℃, qishda esa 20-30℃ bo‘ladi. Tayyor mahsulotda 99,8% ammoniy nitrat bor. Agar namligi 60% bo‘lsa uni isitgichga beriladi.
Minoraning yuqori qismidan havo oltita skruberlarga beriladi. U yerda ammoniy nitrat changlardan yuvilib, 20% ammiak eritmasi bilan yuvilib, ventilyator orqali atomsferaga chiqarib yuboriladi. Qurilmalardan chiqqan gazlar ham shu yerda tozalanadi. Tayyor mahsulot lentali transportyor yordamida omborga beriladi. U yerdan iste’molchiga jo‘natiladi.
Ammoniy nitrat portlash xususiyatiga ega. Uning portlash xususiyatini tezlashishga mineral kislotalar, tez oksidlanadigan organik moddalar asosan kukun holatidagi metallar va boshqalar taosir qiladi. Isitishning boshlanish davrida ya’ni, 110℃ da selitra endotermik parchalanadi:
NH4NO3 NH3 + HNO3–174,4 kj (4.8.4)
Eritmada nitrat kislotasi bo‘lsa, selitrani parchalanishi avtokatalitik holatda bo‘ladi. 200-270℃ haroratda ekzotermik parchalanadi:
NH4NO3 N2O + H2O + 36,8 kj (4.8.5)
Xlor ioni selitrani parchalanishiga kuchli ta’sir qiladi. 220-230℃ haroratda xlor ioni taosirida gaz holatiga o‘tadi. 400-500℃ da selitrani tezda kizdirsak, parchalanish portlash bilan boradi:
NH4NO3 N2 +2H2O +0,5O2+118 kj (4.8.6)
Amaliy jihatdan esa 300℃ haroratda portlaydi.
GOST 2-85 buyicha ammoniyli selitrani donador holda ikkita markada ishlab chiqariladi: A va B.
A markali selitra qishloq xo‘jaligi va sanoatda ishlatilishga mo‘ljallangan. Tarkibida 98% gacha NH4NO3, B markasi esa 34,4% azot, mahsulot tarkibidagi suvning miqdori sulfatli va sulfat, fosfatli qo‘shimchalari bilan 0,2% (birinchi sort B markasi uchun esa 0,3% ).
Ammonili selitrasi quyidagicha donador holatda ishlab chiqariladi: A markasi uchun 1-3 mm, 93% gacha:
B markasi uchun 1-4 mm, 4% dan oshmasligi kerak.
|
| |