II. AYDKni yuritishni tashkil etish




Download 85,64 Kb.
bet2/4
Sana20.01.2024
Hajmi85,64 Kb.
#141695
1   2   3   4
Bog'liq
furqat kadastr mustaqil ish transport

II. AYDKni yuritishni tashkil etish
15. AYDKni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining vakolatli tashkiloti;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalarining kadastr bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
AYDKni yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi amalga oshiradi.
AYDKni yuritishni metodik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
16. AYDKni yuritish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining vakolatli tashkiloti:
avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‘lishini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni yo‘l korxonalariga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qiladi;
hududiy avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalarining kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni tashkil etadi;
hududiy avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va uni avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
avtomobil yo‘llarining yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari to‘planishi ustidan nazorat qiladi;
kadastr axborotlari DKYaTga tezkor berilishini amalga oshiradi;
har yili belgilangan tartibda DKYaTga O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining avtomobil yo‘llari obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalarining:
avtomobil yo‘llari obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‘zgarishlar, ularning atrof muhitga ta’siri, ekologik-iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi va tizimlashtiradi;
avtomobil yo‘llari obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma’lumotlar bazasini to‘ldiradi va ularni tizimlashtirish va avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakolatli tashkilotining kadastr bo‘limiga beradi;
avtomobil yo‘llarining yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidan tashqarida mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llari obyektlarining egalari/foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining vakolatli tashkilotiga kadastr obyektlarining jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.



Download 85,64 Kb.
1   2   3   4




Download 85,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. AYDKni yuritishni tashkil etish

Download 85,64 Kb.