|
III. AYDKni yuritish tartibi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 85,64 Kb. | | #141695 |
Bog'liq furqat kadastr mustaqil ish transportIII. AYDKni yuritish tartibi
20. AYDKni yuritish avtomobil yo‘llari obyektlarining barcha turlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
21. Avtomobil yo‘llari obyektlari ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
22. Avtomobil yo‘llari obyektlarining barcha turlari birlamchi ro‘yxatga olinishi kerak. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi. Asosiy ko‘rsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har bir obyektga pasport tuziladi.
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qo‘yish paytida foydalanishga topshirilgan va mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llarining har bir obyekti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llari obyektlari tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
24. Avtomobil yo‘llari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qo‘yilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‘yicha tasniflanishini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibi AYDKni yuritish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Avtomobil yo‘llari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Avtomobil yo‘llari obyektlarini iqtisodiy baholash avtomobil yo‘llari har bir obyektining qiymatini belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‘tkaziladi.
Avtomobil yo‘llari obyektlarini iqtisodiy baholash o‘ziga xosliklar hisobga olingan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Avtomobil yo‘llari obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotining ishonchliligi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining AYDKni yuritadigan vakolatli shaxslari javob beradilar.
|
| |