• KURS ISHI MAVZU: To`lqin – zarra dualizmi Bajardi
  • TOSHKENT – 2021 MUNDARIJA
  • XULOSA ……………………………………………………….. 29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………....
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 0,5 Mb.
    bet1/10
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #158938
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-
    41013 1 79453CA6FA32C10A544F5F864F1BFBFB60A43426

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
    FIZIKA VA ASTRONOMIYA O`QITISH METODIKASI
    KAFEDRASI

    “5110200 – Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi”


    ta’lim yo`nalishi
    KURS ISHI
    MAVZU: To`lqin – zarra dualizmi


    Bajardi: FAOʻM-301E guruh talabasi
    Rustamova Shahzoda
    Ilmiy rahbar: Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi kafedrasi
    dotsent v.b., p.f.f.d., (PhD) E.B.Xujanov
    TOSHKENT – 2021


    MUNDARIJA



    KIRISH …………………………………………………………. 3

    ASOSIY QISM:

    1. Yorug`likning to`lqin tabiatini isbotlovchi hodisalar…………. 6

    1. Yorug`likning kvant tabiatini ko`rsatuvchi tajribalar………… 16

    1. To`lqin – zarra dualizmi……………………………………… 25

    1. To`lqin–zarra dualizmining umumiy o`rta ta’lim maktablarda o`qitilishi ……………………….……………………………. 27

    XULOSA ……………………………………………………….. 29

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI……….... 30


    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz yuksalishiga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil – bu ta’lim – tarbiya tizimidir. Shu sababli, yoshlarga ta’lim – tarbiya berishga, iqtidorlilarini rag`batlantirish va qo`llab – quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk kelajak yaratish yo`lidagi maqsadlarimiz, xatti-harakatlarimizning pirovard natijasi bevosita ta’lim tizimidagi islohotlarimizga bog`liqdir. Hurmatli prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishda, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo`lgan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”. Shu sababli, xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim tizimini rivojlantirish va avlodlarni tarbiyalash ta’lim tizimini qayta shakllantirishning eng muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
    Hozirda mustaqil O`zbekistonimiz havas qilarli darajada o`zgarishlarga erishdi, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni qancha g`ururlanib gapirsak arziydi. Ta’lim sohasiga to`xtalar ekanmiz, shu ma’lumotlarni keltirib o`tishni joiz deb topdik. Sobiq ittifoqda ta’lim ko`rsatkichi eng past darajada qolgandi.
    Maktablardagi ta’lim – tarbiyaning hayot bilan, ta’limning foydali mehnat bilan mustahkam bog`lanmagani, pedagogik kadrlar nazariy tayyorgarligining pastligi, ta’lim – tarbiya vazifalari va asosiy tamoyillarini aniqlashda aniq o`lchovlarning ishlab chiqilmaganligi, berilayotgan va olinayotgan bilimlar darajasining talablarga javob bera olmasligi o`quvchilarning bilimsizligiga, foizbozlikka olib keldi.
    Zamon shuni taqazo qilyaptiki, insoniyat axborot oqimidan uzilgan holda normal faoliyat yurita olmaydi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida hayotni anglash, uni o`rganish, tahlil qilish va tatbiq qilish axborotlarni yig`ish va o`zlashtirish, saralash va qayta ishlash orqali kechadi.
    O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini yanada rivojlantirish uchun quyidagi talablar belgilab berilgan:
    -akademik litsey, kasb-hunar maktablari va texnikumlar faoliyat ko`rsatishining normativ ba’zalarini ishlab chiqish va joriy etish;
    -soha uchun oliy ta`lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
    -o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
    - o`rta maxsus, kasb –hunar ta`limi o`quv muassasalari uchun ta`lim va kasb-hunar dasturlari, o`quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
    -akademik litseylarning o`quvchilari mehnat faoliyati ko`nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish;
    -kasb–hunar maktablarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan kasb- hunar, malaka talablarining ro`yxatini ishlab chiqish;
    -akademik litseylar, kasb-hunar maktablari va texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
    Yuqorida sanab o`tilgan talablarning bajarilishi ta’lim tizimimizning o`rta bosqichida sezilarli darajada o`zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi, desak adashmagan bo`lamiz. Shuni ham ta’kidlab o`tish lozimki, biz oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalardan yuqori saviyani talab qilar ekanmiz, avvalo, ta’limning quyi va o`rta bosqichlariga yetarli darajada e’tibor berishimiz kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litseylarda, boringki, kasb – hunar maktablari va texnikumlarda berilayotgan ta’lim – tarbiya o`z faoliyatini professional ta’limda davom ettirmoqchi bo`lgan har bir o`quvchi uchun yetarli darajada bo`lsin, ya’ni maktab, akademik litsey, kasb – hunar ta’limi o`quvchilari uchun tuzilgan darsliklarda berilgan ma’lumotlar o`z navbatida oliy ta’limda mantiqiy izchillikda davom etsin. Aytmoqchimizki, ta’limning quyi va o`rta bo`g`inlarida berilayotgan bilimlar oliy bo`g`in uchun mos bo`lsin. Ana shunday bilimlardan biri fizika fanining yorug`lik hodisalariga oid bo`limida o`rganiluvchi “Yorug`likning to`lqin – zarra dualizmi” mavzusida o`z aksini topgan. Bu mavzuga doir ma’lumotlarni berish orqali biz o`quvchilar tasavvurida olamning yanada kengroq manzarasini yaratishimiz mumkin. Biz quyida ushbu mavzuni imkon darajasida batafsilroq yoritishga va iloji boricha ilmiy – ommabop tarzda yozishga harakat qildik. Zero, kurs ishimiz bilan tanishib chiqqan oddiy maktab o`quvchisi ham berilgan ma’lumotlarga tushuna olsin va o`zi uchun yangi bilimlarni kashf etsin.

    Download 0,5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 0,5 Mb.